• 60 yildan ortiq faoliyat

  • 200 dan ortiq safarlar

  • 4500 dan ortiq o’simlik turi o’rganildi

  • 50 yildan Dori vositalarini olishning dan ortiq texnologiyalari

  • 5000 dan ortiq ilmiy maqolalar

Хush kelibsiz

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S. Yu. Yunusov nomidagi O’simlik moddalari kimyosi instituti (O’zR FA O’MKI) – O’rta Osiyo florasining dorivor o’simliklarini tadqiq qiluvchi, o’simliklardan olinadigan yuqori samarali dori vositalari, biologik faol qo’shimchalar (BFQ) va o’simliklarni himoya qiluvchi vositalarni yaratuvchi va amaliyotga tadbiq qiluvchi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi.

Institut haqida

Institut o’zida o’simliklarning botanik, kimyoviy, biologik, farmakologik, toksikologik, texnologik tadqiqot ishlarini hamda qishloq xo’jaligi va tibbiyot uchun dori vositalari hamda BFQ substansiyalarini tajriba - ishlab chiqarish korxonasi mujassamlangan yagona, kompleks holidagi ixtisoslashgan ITM.  Institut tarkibida 11 laboratoriya, organik sintez Bo’limi, vivariyga ega farmakologiya va toksikologiya Bo’limi, fiziologik faol birikmalar Bo’limi, marketing Bo’limi, Kutubxona, Mini-nashriyot, Sinov markaziga ega o’g’itlar, pestisidlar va o’simliklarni kimyoviy himoyasi Organi, Tajriba ishlab chiqarish korxonasi, “Tabiiy birikmalar kimyosi” xalqaro ilmiy jurnalining redaksiyasi.