Ikramov Saidazim Adilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatit S virusini aniqlash uchun PSR diagnostikumni ishlab chiqish», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.4.PhD/K79.
Ilmiy rahbar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdieva Rano Karimovna,  kimyo fanlari doktori; Oshepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gepatit C virusini aniqlash uchun "Real vaqtdagi" mahalliy PZR diagnostikumni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatit C virusining 6 ta genotipi nukleotidlar ketma-ketligini o‘rganish asosida uning barcha genotiplari uchun umumiy bo‘lgan konservativ genom qismlari aniqlangan; 
olingan ma’lumotlarga asoslanib, yangi oligonukleotid praymerlari va fluoressent zondlar in silico loyihashtirilgan va sintez qilingan bo‘lib, ular yordamida GSVni gibridizatsion-fluoressent (RT-PZR) usuli bilan aniqlash mumkinligi ko‘rsatilgan; 
GCV RT-PZR to‘plamlari uchun praymerlar va fluoressent zondlarning sintezi amalga oshirilgan, tozalash va standartlash usullari ishlab chiqilgan; 
virus RNKsi bilan praymerlarning o‘zaro komplementar ta’sirini ko‘paytirish uchun yangi modifikatsiya qilingan nukleotidlar ishlatilgan;
tadqiqotlar davomida loyihalashtirilgan va sintez qilingan oligonukleotid praymerlari asosida RT-PZR o‘tkazish sharoitlari tanlangan va optimallashtirilgan, shuningdek bitta probirkada RT-PZR o‘tkazish sharoitlari ishlab chiqilgan; 
ishlab chiqarilgan "PZR-Detekt-Gepatit C" to‘plamning laboratoriya sinovlari o‘tkazilib; uning spesifikligi va sezgirligi o‘rganilgan hamda me’yoriy-texnik xujjatlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gepatit S virusini aniqlash uchun PSR diagnostikumni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (FAP-01553-son) "Gepatit C virusi RNKsini aniqlash uchun sintetik oligonukleotidlar" foydali modeliga patent olingan. Natijada, gepatit C virusi RNKni aniqlash usuli ishlab chiqilgan va sintez qilingan sintetik oligonukleotidlar O‘zR patenti bilan himoyalangan;
ishlab chiqilgan PZR “PSR-Detekt – Gepatit S” diagnostik to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi "Dori vositalari, tibbiy mahsulotlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK da ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Guvohnoma №TB/M00620/10/22 28.10.22).