LIPIDLAR KIMYOSI LABORATORIYaSI HAQIDA MA’LUMOT

1960 yilda institutda yog‘lar kimyosi (keyinchalik lipidlar kimyosi) laboratoriyasi tashkil etilib, unga 1961-1983 yillarda t.f.n. (1977 yildan kimyo fanlari doktori) A.U. Umarov, 1983 yildan 2009 yilgacha – texnika fanlari doktori (1984 yildan OʻzR FA muxbir aʼzosi, 2000 yildan OʻzR FA akademigi) A.I. Glushenkova, 2014 yildan 2016 yilgacha – k.f.n. N.T. Ulchenko, 2010 yildan 2013 yilgacha hamda 2016 yildan 2021 yilgacha kimyo fanlari doktori, prof. S.D. Gusakova, 2022 yildan hozirgi kungacha - kimyo fanlari doktori. S.Z. Nishanbayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Laboratoriyaning vazifalari Oʻrta Osiyo mintaqasi yovvoyi va texnik oʻsimliklarining vegetativ hamda generativ organlarining lipidlari tarkibi va tuzilishini oʻrganish, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, efir moyi va konserva sanoati ishlab chiqarishi lipofil chiqindilarini oʻrganishdan iborat.

Bugungi kunga qadar 168 turdagi yovvoyi va texnik oʻsimliklarining vegetativ va generativ organlarining lipidlari, 4 turdagi mikrosuv oʻsimliklari, 15 dan ortiq turdagi dorivor va efir moyli oʻsimliklarni qayta ishlashdan olingan lipofil chiqindilari oʻrganilgan.

Yovvoyi va madaniy oʻsimliklardan olingan lipidlarni kimyoviy tadqiq qilish shuni koʻrsatdiki, oʻziga xos tuzilishdagi yogʻ kislotalari ma’lum oʻsimlik oilalarining kimyotaksonomik xususiyatidir. Lamiaceae oilasiga mansub Eremostachys moluccelloides oʻsimligi urugʻlaridan birinchi marta eritro-9,10-dibromo- va eritro,eritro-9,10,12,13-tetrabromstearin kislotalari ajratilgan va tuzilishi isbotlangan (k.f.d. Gusakova S.D., k.f.d. Umarov A.U.). Lamiaceae oilasining ba’zi oʻsimlik turlarining lipidlarida allen guruhi (-)-oktadeka-5,6-dien (laballen) boʻlgan noyob yogʻ kislotasi aniqlandi va uning lipidlardagi tarkibi introduktsiyaning stressli sharoitlarida keskin ortishi aniqlandi (k.f.n. Xomova T.V., k.f.d. Gusakova S.D., k.f.d. Umarov A.U.).

Oʻrta Osiyodagi Malvaceae, Asteraceae, Elaeagnaceae, Araliaceae, Euphorbiaceae va Polygonaceae oilalarining vakillarida kislorodli lipidlar mavjudligi aniqlangan. 40 dan ortiq adabiyotlardan maʼlum boʻlganlari identifikatsiya qilingan hamda gidroksi-, epoksi-, okso- va digidroksi-guruhlarga ega boʻlgan 50 ga yaqin yangi kislorodli yogʻ kislotalarining tuzilishi aniqlangan (k.f.d. Gusakova S.D., k.f.n. Yunusova S.G., k.f.n. Xomova T.V., k.f.d. Asilbekova D.T.).

Tadqiqotning muhim qismini lipidlarni ajratish va tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etish egallaydi. Yogʻlardagi gidroksil guruhlar sonini aniqlash, toʻyinmagan yogʻ kislotalarni oksidlovchi yoʻq qilish usuli oʻzgartirildi, sanoat urugʻlaridan lipidlar, fenolik birikmalar va suvda eruvchan oqsillarni ajratib olishning fermentativ-kimyoviy usullari yaratildi (k.f.d. Gusakova S.D., k.f.n. Nazarova I.P., t.f.d. Glushenkova A.I), oddiy va kislorodli yog‘ kislotalari bilan triatsilgliseridlarning tuzilishini stereospesifik tahlil qilish usuli usullari ishlab chiqildi (k.f.n. Yunusova S.G., k.f.d. Gusakova S.D., k.f.d. Umarov A.U.).

O‘zR FA O‘MKI tajriba ishlab chiqarish korxonasida bir qator dorivor oʻsimliklar: Rhaponticum carthamoides va Aconitum septentrionale ildizlari, Aconitum leucostomum, Aralia mandshurica, Digitalis lanata, Glaucium flavum, Ephedra equsetina, Ferula varia er ustki qismi, Rosa canina  mevalari va boshqalarni qayta ishlashdan olingan lipofil chiqindilari tarkibi oʻrganildi (k.f.n. Xomova T.V., k.f.d. Gusakova S.D.). Bu chiqindilar biologik faol lipidlar va lipofil komponentlarning konsentratlari ekanligi aniqlangan. Institut farmakologlari bilan hamkorlikda Ekdisten va Allapinin dori vositalarini ishlab chiqarishning lipofil chiqindilari asosida maishiy kimyo uchun bioqoʻshimchalar ishlab chiqildi hamda sanoatda ishlab chiqarilgan yangi fitoshampunlari "Limonchik", "Acantha", "Guzal" va "Gulnoz" oziqlantiruvchi kremining retsepti uchun bioqo‘shimchalari ishlab chiqilgan.

Laboratoriya tadqiqot ishlarining natijalari yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan 700 dan ortiq nashrlarda va to‘rtta monografiyada o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining 50 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlari olingan. Laboratoriya xodimlari tomonidan «Lipidlar. Lipofil komponentlar va o‘simlik manbalaridan efir moylari» 2 jildda, Springer nashriyoti tomonidan ingliz tilida chop etilgan.

So‘nggi yillarda laboratoriya quyidagi yo‘nalishlarda faolroq ishlamoqda:

- O‘zbekiston florasi dorivor o‘simliklarining efir moylari tarkibini o‘rganish.

- Institutda yaratilgan biologik faol ekstraktlar va dori vositalari qo‘shilgan holda soya lesitini asosida kompleks dori vositalari yaratish;

- Institut dori vositalarining yangi liposomal dozalash shaklini ishlab chiqish;

- O‘zbekiston florasining galofit o‘simliklarining lipidlarini o‘rganish va ular asosida qishloq xo‘jaligi preparatlarini yaratish.

Soya fosfolipidlari asosida pomidor mevalaridan likopen, Glycyrrhiza glabra o‘simligining glycyrrhizin kislotasi va Rhaponticum carthamoides o‘simligidan ekdisten anabolik preparati qo‘shilgan yangi gepatoprotektiv Gepalipin preparati yaratildi.

Laboratoriyaning xorijiy ilmiy hamkorlari: Bugungi kunda laboratoriya olimlari xorijiy ilmiy hamkorlar sifatida Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang fan va texnologiya universiteti olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Laboratoriyada himoya qilingan doktorlik dissertatsiya ishlari:

1. Glushenkova A.I. «Katalizatorlar tabiati va paxta moyini gidrogenlash usullarining gidrogenatlar tarkibiga ta’siri» (1972 y).

2. Umarov A.U. «Oʻrta Osiyo florasi oʻsimlik urugʻlarining moylari» (1977 y).

3. Gusakova S.D. «Beshta oila yuksak o‘simliklari ayrim vakillarining kislorodli lipidlari» (1994 y).

4. Asilbekova D.T. «Apiales, Fabaceae, Lamiaceae, Primulaceae va Solanaceae oilalariga mansub dorivor o‘simliklar vakillarining lipidlari» (2018 y).

Laboratoriyada bajarilgan ilmiy loyihalar:

Amaliy:

1. 2012-2014 yillar GNTP № FA-A11-T192. “Ikkilamchi zahiralarning karotinoidlari va phospholipidlari asosida metabolik ta’siriga ega ikkita dori vositalari olish va ularning texnologiyasini ishlab chiqarish” (Rahbar: k.f.d., prof. Gusakova S.D.)

2. 2015-2017 yillar № FA-A11-T024. “Mahalliy floraning efir moyli oʻsimliklarining lipofil moddalari asosida biologik faol kompozitsiyani yaratish” (Rahbar: katta i.x., k.f.n. Asilbekova D.T.)

3. 2015-2017 yillar № FA-A11-T039. “Lesitin, likopen, fitosteroid, flavonoidlar asosida gepatoprotektor xususiyatga ega modda yaratish va ularning olinish texnologiyasini ishlab chiqish” (Rahbar: t.f.d., prof. Sagdullayev Sh.Sh.).  

Innovatsion:

4. 2016-2017 yillar № I-2016-05-16/2. “Amarant oʻsimligidan chorva uchun ozuqa, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati ehtiyojlari uchun yogʻ, un va jmix ishlab chiqarish uchun kompleks qayta ishlash texnologiyasini joriy etish” Grant boʻlimi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘MKI tomonidan amalga oshiriladi: “Amarant urug‘idan yog‘ olish texnologiyasini ishlab chiqish, yog‘ va jmixning skvalen va boshqa biokomponentlari asosidagi biologik faol qo‘shimchalar” (Rahbar k.f.d., prof. Gusakova S.D.).

5. 2017-2018 yillar № I-2017-5-20/2. «Amaranthaceae oilasiga mansub dorvor o‘simlik mahsulotlaridan biologik faol moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlar ajratish texnologiyasini joriy etish» (Rahbar k.f.d., prof. Gusakova S.D.).

6. 2018-2020 yillar № PZ-20170929223. “O‘simlik lesitini va ekdisteroidlari asosida adaptogen vositalarning liposomal dozalash shakllarini ishlab chiqish va farmakologik tadqiq qilish va ularni olish texnologiyasini yaratish” (Rahbar: k.f.d., prof. Sagdullayev Sh.Sh.).

Laboratoriyada faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar:

Hozirgi kunda laboratoriyada 2 ta fan doktori, 1 ta PhD, 4 ta tayanch doktorant, 1 ta stajot-tadqiqotchi va 2 ta laborant faoliyat olib bormoqda.

Laboratoriya mudiri kimyo fanlari doktori Nishanbayev Sabir Zaripbayevich.

Laboratoriya ilmiy xodimlari: bosh i.x., k.f.d., prof. Gusakova Svetlana Dmitrievna, kat i.x., k.f.f.d. Yuldasheva Nigora Karimovna, tayanch doktorant Ibotov Shoxrux Xurmatillo o‘g‘li, tayanch doktorant Maxmudova Shohista Raximjonovna, tayanch doktorant Shomuratova Saltanat Normatovna, tayanch doktorant Ibragimova Dilnoza Shavkat qizi, stajyor tadqiqotchi Samandarova Zarifa Yangiboy qizi, laborant Urinboyev Javohir Jaxongir o‘g‘li, laborant Abdurazakov Asadbek o‘z ilmiy faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Laboratoriyadagi mavjud bo‘lgan zamonaviy asbob uskunalar:

Hozirgi kunda laboratoriyada tahlillarning tez va aniq bajarilishida quyidagi zamonaviy asbob uskunalardan foydalanilmoqda: Tashuvchi generatorli gaz xromatografi, modeli 8860; Mikrotsentrifuga MicroCL 21R; Ikki nurli UV spektrofotometr Cary-60.

GX 8860 – Gaz xromatografi – lipidlar tarkibidagi yog’ kislotalarining sifat va miqdoriy tahlillarini amalga oshirishda foydalaniladi.

 

Ikki nurli UV spektrofotometr Cary-60

 

Laboratoriya ilmiy xodimlari:

https://aps.uzicps.uz/teachers?page=1&search=&department_id=3