O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularni faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF -55 son farmoni hamda  Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 23-avgustdagi 110-AF buyrug'iga binoan Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyo instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor  SAGDULLAYEV SHAMANSUR SHAXSAIDOVICH o‘zining ilmiy faolyati laborantlikdan akademik darajasigacha bosib o‘tilgan hayot yo‘lim haqida suhbatlashildi. Shu bilan bir qatorda g‘oyalarni qanday shakllantirish, maqsadni to‘g‘ri va aniq qo‘yish, shu maqsadga erishish uchun qanday qilib ilmiy loyihalarni shakllantirish yo‘lida o‘quvchilarga ma‘ruza qilindi. 
Ma‘ruza davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi. O‘quvchilar orasidan iqtidorli, talabchan va ilimga chanqoq yoshlar saralanib, maktabning "Yosh akademiklar" klubi tashkil qilindi. Yosh akademiklar klubiga maktabda o‘zini har iqtidori ta‘lim va tarbiyasi bilan boshqalarga o‘nak bo‘la oladigan 17 nafari saralanib olindi va ularga maktab direktori S.Do'smatov, klub rahbari Sh.Boltayevalar bilan birgalikda  klub a'zolariga GUVOHNOMAlari topshirildi. 
Klub a‘zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi institutida bajarilayotgan loyihalar haqida ma‘lumotlar berildi va shu bilan bir qatorda klub a‘zolari bilan kelajakda qilinadigan ishlar rejasi tuzib olindi. Maktabning kimyo-biyologiya, fizika, matematika xonalari bilan tanishib chiqildi va o’quvchilar bilan yil davomida bog‘lanib, onlayin darslar tashkil qilish bo‘yicha maktab direktori bilan kelishib olindi.