O‘zR FA O‘MKI direktori, akad. Sh.Sh. Sagdullayev va tex.f.f.d., katta ilmiy xodim, A.I. Sanoyev 2024-yil 7-12 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan (Федеральная территория «Сириус») D.I. Mendeleyevning 190 yilligi hamda Rossiya Fanlar akademiyasini tashkil topganligining 300-yilligiga bag‘ishlangan IUPAC homiyligida tashkil etilgan Umumiy va amaliy kimyo bo‘yicha XXII Mendeleyev s’yezd ishtirok etishdi.

Mendeleyev kongresslari Rossiyaning asosiy ilmiy va madaniy markazlarida 4-5 yil oralig‘ida o‘tkazilib, mamlakatda kimyo fani va sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Ular fundamental va amaliy kimyo sohasidagi muhim xalqaro ilmiy forumlar sifatida xizmat qiladi. Kongresslar mavzulari kimyo fani, texnologiya va ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, kimyo ta’limi va biznes bilan fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qamrab oladi, bu esa ularni oddiy tematik ilmiy konferensiyalardan farqlantiradi.

1907 yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan birinchi Mendeleyev kongressi buyuk rus olimi D.I. Mendeleev (1834-1907) xotirasiga bag‘ishlangan. Keyinchalik, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Xarkov, Kiev, Olma-Ota, Boku, Toshkent, Minsk, Volgograd va Yekaterinburgda kongresslar bo‘lib o‘tgan. 2019-yilda Sankt-Peterburgda o‘tgan XXI Mendeleyev kongressi Kimyoviy elementlar davriy sistemasining yaratilishining 150 yilligiga bag‘ishlangan. Mendeleyevning davriy qonunini ta’rif berishida elamantlarning massasiga urg’u bergan bo‘lsada, olimning ilmiy ishlari Rossiyaning dunyodagi eng mashhur ilmiy yutug‘idir.

Umumiy va amaliy kimyo bo‘yicha 2024-yilgi XXII Mendeleyev s’yezdi Sochi shahrida joylashgan "Sirius" federal hududining Sirius Fan va texnologiya universitetida bo‘lib o‘tdi. S’yezdga 40 ta davlatdan 4000 ta ishtirokchi qatnashdi. 18 ta plenar ma‘ruza, 66 ta asosiy, 247 ta taklif etilgan va 603 ta ustuniy dokladlar hamda 1350 ta devoriy taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, s’yezd davomida 23 ta konferensiya bo‘lib o‘tdi. Akademik Sh.Sh. Sagdullayev Tibbiy kimyo yo‘nalishidagi seksiyada “Xимия, фармакология и технология лаппаконитина и его производных” mavzusida asosiy ma‘ruzachilardan biri sifatida qatnashdi.

 

Katta ilmiy xodim, tex.f.f.d., A.I. Sanoyev s’yezd davomida tashkil etilgan Kimyogarlar kengashi yig‘ilishida Respublika kimyogarlar jamiyati a'zosi sifatida kimyogarlar jamiyati raisi Sh.Sh. Sagdullayev bilan birgalikda qatnashdi. Kimyogarlar kengashi yig‘ilishida 10 dan ortiq davlatlar (Rossiya, Belarusiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Vetnam, Xitoy va boshqalar) kimyogarlar jamiyatlari yig‘ilib, yagona bir jamiyat tashkil qilish taklifi ilgari surildi. Yagona jamiyat negizida fond tashkil etish, grantlar ajratish va xalqaro jurnal ochish kabi takliflar bildirildi. Yig‘ilish so‘ngida har bir davlat vakillari o‘z takliflarini bir oy muddatda Rossiya kimyogarlar jamiyatiga yuborishlari kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Kimyogarlar Jamiyati Raisi akademik Sh.Sh. Sagdullayev va Rossiya Kimyogarlar Jamiyati Raisi akademik A.Yu. Sivadze o‘rtasida yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, Kimyogarlar Jamiyatlarini o‘zaro hamkorliklari masalalarida kelishib olindi.