Akademik S.Yu.Yunusovning tashabbusi va t.f.d. H.N. Aripovning bevosita ishtirokida 1983 yili pestitsidlar texnologiyasi laboratoriyasi tashkil etilib, t.f.d., professor Hamidulla Nig’matovich Aripov (1995 yildan O’zR FA akademigi) mudir sifatida tayinlandi. Pestitsidlar kimyosi va texnologiyasining fundamental va amaliy tadqiqot masalalari laboratoriyaning vazifalariga kiritildi.

Xalq xo’jaligi uchun yangi yuqori samarali fungitsidlar: uzgen, olgin, KMAX, nikamizalon, ridamil, toluin, kussid; o’sish biostimulyatorlari: rozalin, tetranil, doronin, roslin, navruz, dorilin, nitrodor; butilkaptaks defolianti;  shuningdek, dori preparatlari: allapinin, sintetik dezoksipeganin gidroxloridi, lidokain, byeletoniy, medamin, albendazol, fenasal, nitroksolin, azinoks, ekdinoks, medapek, alpek, karpek, alsus, nimesulid, ibuprofen olish texnologiyalarining ishlab chiqilishi muhim aghamiyatga ega bo’ldi.

Laboratoriya 1997 yili sintetik preparatlar texnologiyasi nomini oldi.

Laboratoriyada N-alkilatsilarilamidlar olish texnologiyalari ishlab chiqiladi. Aromatik aminlarning oddiy va murakkab efirlar galoidalkillari bilan o’zaro ta’siri tabiati organilgan. Tajriba ma’lumotlarini matematik tahlil qilish yordamida N-alkillash reaksiyalarining tezlik konstantalari aniqlandi, anilinlarning asosliligi va reaksiya tezlik konstantasi orasidagi bog’liqlik aniqlandi, N-alkilaminlar sintezining optimal usullari o’zlashtirildi.

Amaliy ma’lumotlar va tajribani matematik rejalashtirish asosida toluin, etoksilin, daxlor, ridomil, lidakoin, dezoksipeganin gidroxlorid, pentazolin, terazolin, fenasal, medamin, albendazol, azinoks, nitroksolin, medapek, nimesulid, ibuprofen, ekdinoks, alpek, alsus preparatlarini ishlab chiqishning universal texnologik sxemalari joriy qilindi.