Ergasheva Shohida Abduqodir qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon!
- Bosh sahifa
- Ergasheva Shohida Abduqodir qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon!
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Scutellaria comosa va Scutellaria adenostegia o‘simliklarining yer ustki qismlaridan adaptogen va gipoksiyaga qarshi substansiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish” 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2024.2.PhD/T4577.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, kat.i.x., Mamatxanova Muniraxon Axmatxon qizi
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 05/2025.27.12.K/T.20.01. M
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Abdurazakov Asqar Sheraliyevich. Farmatsevtika fanlari doktori, professor Kariyeva Yekut Saidkarimovna
Yetаkchi tаshkilоt: O‘zR FA O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tadqiqotning maqsadi: S. comosa va S. adenostegia o‘simliklarining biologik faol moddalari asosida adaptogen va gipoksiyaga qarshi substansiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birinchi marotaba S. comosa va S. adenostegia o‘simliklari yer ustki qismlarini jadal quritish hamda dorivor xomashyo tayyorlashning maqbul texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan;
S. comosa va S. adenostegia yer ustki qismlaridan flavonoid va polisaxaridlarni ajratib olishga ta’sir qiluvchi asosiy texnologik omillar aniqlanib, ekstraksiya jarayonining optimal sharoitlari asoslangan;
S. comosa va S. adenostegia o‘simliklaridan olingan ekstraktlarni yot moddalardan tozalashning samarali usullari hamda maqbul texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan;
S. comosa yer ustki qismlaridan olingan flavonoidlar asosida qayta cho‘ktirish usuli yordamida adaptogen faollikka ega yangi “Adapten” substansiyasini olishning maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;
S. adenostegia yer ustki qismlaridan olingan suvli va 40% etil spirti asosidagi ekstraktlarni quritish jarayonining maqbul sharoitlarini aniqlash asosida qon bosimini tushiruvchi “Ko‘kapresang” va gipoksiyaga qarshi “Ko‘kanormoks” substansiyalarini olishning sanoat texnologiyalari ishlab chiqilgan;
“Adapten” va “Ko‘kanormoks” substansiyalarida norvogonin -7-O-b-D-glyukopiranozidga nisbatan, “Ko‘kapresang” substansiyasida esa izoskutellarin -7-O-β-D-glyukopiranazidga nisbatan flavonoidlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlash metodlari ishlab chiqilgan hamda ularni standartlash mezonlari asoslangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Tadqiqot obyektlaridan substansiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi amaliy natijalar joriy etilgan:
adaptogen ta’sirga ega vositani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiro patenti olingan (Patent № IAP 06277.26.08.2020). Mazkur natijalar asosida yangi adaptogen faollikka ega vositani yaratish imkoniyati asoslangan;
ishchi nomi “Ko‘kapresang” bo‘lgan, qon bosimini tushiruvchi substansiya “S. adenostegia quruq ekstrakti” biologik faol qo‘shimcha sifatida rasmiylashtirilgan hamda uning uchun texnologik yo‘riqnoma (TI 03535440-066:2025) ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy izlanish natijalari sintetik dori vositalariga nisbatan bezarar bo‘lgan, mahalliy xomashyo asosidagi tabiiy gipotenziv vositani amaliyotga joriy etish imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.