Raxmatov Elyor Omankulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Raxmatov Elyor Omankulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Raxmatov Elyor Omankulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Benzimidazollar va xinazolonlar qatorida qishloq xoʻjaligi uchun samarali pestitsidlar olish texnologiyasi” mavzusidagi 02.00.03- Organik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2024.4.PhD/Т5018.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim A.Sh. Abdurazakov.
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.20.01.M.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Urinov Ulugʻbek Komiljonovich, kimyo fanlari doktori, professor Xoliqov Tursunali Suyunovich.
Himoya 26.03.2026 yil soat 10.00 da bo'ladi.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
2-Metil-5-xlorbenzimidazol hosilalarini sintez qilish, ularning tuzilishini aniqlash, gerbitsid faolligini baholash va yuqori samarali “Buran DOS-I 50% em.k.”ni, 5-nitro-2-propionamidobenzimidazol gerbitsid moddasini hamda insektitsid faollikni namoyon etgan 6-nitro-xinazolin-4-onlarni barqaror suspenziyasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
Ilk bor 4-xlor-2-nitroanilinni propion va moy kislotalari bilan reaksiyalari olib borilgan va reaksiyaning borishiga ta’sir etuvchi omillar (substrat tuzilishi, kislota tabiati, reaksiya harorati va davomiyligi) aniqlangan hamda reaksiya mexanizmi tavsiya etilgan;
2-Metil-5-xlorbenzimidazol hosilalari qatorida 2-holatdagi metilen guruhlari soni ortib borishi (gomologik qator kattalashishi) bilan ularning gerbitsidlik xossasi kamayib borishi aniqlangan;
Ilk bor 2-metil-5-xlorbenzimidazol va N-(fosfonometil)glitsinning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida yuqori gerbitsid faollikka ega suvda eruvchan substansiya hosil bo’lishi aniqlangan;
Ilk bor 2-propionamidobenzimidazolni maqsadli nitrolash amalga oshirilgan, reaksiyaning borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar (kislota tabiati, reaksiya harorati va davomiyligi) aniqlangan, hamda, reaksiya aromatik elektrofil almashinish (SEAr) mexanizmida borishi nazariy asoslab berilgan;
Yuqori pestitsid faollikka ega 2-metil-5-xlor-1H-benzo[d]imidazol-1-ium (fosfonometil)glitsinat tuzining (Buran DOS-I) 50% em.k., 5-nitro-2-propionamidobenzimidazol, 6-nitroxinazolin-4-onlarning fizik-kimyoviy xossalari va toksikologik xususiyatlari aniqlangan;
Ilk bor 6-nitroxinazolin-4-onning GOST talablariga mos bo‘lgan 10% li barqaror preparativ suspenzion shaklini olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
5-Xlorbenzimidazol va xinazolin-4-onlarning yangi hosilalarini sintez qilish, kimyoviy o‘zgarishlarini tadqiq etish, olingan birikmalarni tuzilishini va biologik xossalarini aniqlash, shuningdek, yuqori faollikka ega substansiyalarni suvda eruvchan tuz shakllarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan benzimidazol va xinazolin asosidagi birikmalarning biologik faolligini tadqiq qilish boʻyicha olingan ilmiy natijalar OʻzR FA O‘simlik moddalari kimyosi institutining sintetik preparatlar texnologiyasi laboratoriyasida bazaviy moliyalashtirish doirasida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan tadqoqotlarni bajarishda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №4/1255-1501 17 iyun 2025 y.). Natijada, 2-aminobenzimidazol hosilasi asosida 5-xlor-2-metil-1H-benzo[d]imidazol-1-ium(fosfonometil)glitsinat tuzi va 5-nitro-2-propionamidobenzimidazol sintez qilingan, 6-nitroxinazolin-4-onning insektitsed faolligi aniqlangan;
gerbitsid faollikka ega 5-nitro-2-propionamidobenzimidazol substansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan “5-nitro-2-propionamidobenzimidazol substansiyasi” uchun texnikaviy shart va texnik yoʻriqnoma (Ts 03535440- 059:2023; TY-03535440-059:2024) tasdiqlangan. Natijada bir va ikki pallali bir yillik begona o‘tlarga qarshi kam zaharli va yuqori samarali gerbitsid olish imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.