TAKLIF TAQDIM ETISH UCHUN TAKLIFNOMA – TOVARLAR BO‘YICHA SHOPPING USULI

Hurmatli Yetkazib beruvchi,

  1. Sizdan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon bankining “O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti uchun laboratoriya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha narxli tijorat taklifini taqdim etishingiz so‘raladi:
    • Comet Assay IV tizimi – hujayralardagi DNK shikastlanishini baholash uchun
    • Vertikal laminar shkaf
  2. Laboratoriya uskunalari xaridi bo‘yicha to‘liq ma’lumot (Texnik topshiriq, takliflarni taqdim etish talablari va h.k.) TENDERWEEK.com saytida quyidagi havola orqali e’lon qilingan:
    https://tenderweek.com/tender-34172
  3. Takliflaringiz aynan ushbu taklifnoma doirasida taqdim etilishi lozim. Taklif etilgan narxlarning baholanishi barcha pozitsiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi va shartnoma barcha pozitsiyalar bo‘yicha eng past baholangan umumiy narxni taklif qilgan firmaga beriladi.
  4. Narxli taklifingiz ilova qilingan shaklda shaxsan, pochta orqali yoki elektron shaklda quyidagi manzilga taqdim etilishi mumkin:

Manzil: 100170, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77
Telefon: +998 (71) 262-73-48, +998 90 911-62-08
Elektron pochta: icps.innovation@gmail.com

  1. Takliflaringizni yuqorida ko‘rsatilgan manzilga taqdim etishning oxirgi muddati: 2025-yil 11-iyul, soat 18:00 gacha.
  2. Narxli taklif o‘zbek va/yoki rus tillarida bo‘lishi lozim va unga har bir baholangan band bo‘yicha tegishli texnik hujjatlar, katalog va boshqa bosma materiallar yoki mos ma’lumotlar, shuningdek, O‘zbekistonda ushbu pozitsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan firmalarning nomi va manzili haqidagi ma’lumotlar ilova qilinishi zarur.
  3. Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qilishingiz mumkin:
    Mas’ul shaxs: Loyiha menejeri Tursunxo‘jayeva F.M.
    Telefon: +998 (71) 262-73-48, +998 90 911-62-08
    Elektron pochta: icps.innovation@gmail.com

Hurmat bilan,
Direktor, akademik
Sagdullayev Sh.Sh.