Sertifikatlash tartibi
- Bosh sahifa
- Sertifikatlash tartibi
Sertifikatlash qoidalari mahsulot talablarini o'z ichiga olgan sertifikatlashtirish sxemalarida belgilanadi. Tekshiruv ob'ekti tomonidan belgilanadigan sxemaning murakkabligi mahsulotning xavf darajasiga bog'liq.
Sertifikatlash sxemasi sertifikatlashtirish organi tomonidan talabnoma beruvchining takliflarini, yetkazib berish hajmi va muddatlarini, sinov usullarini, ishlab chiqarish xususiyatlarini va uning barqarorligini buzish xavfini, shuningdek, ushbu mahsulotning iste'molchilar uchun potentsial xavfini hisobga olgan holda tanlanadi.
O‘g‘itlar, pestitsidlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirish organi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori -318, №1C, №2C, №3C, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori -502, 2-ilovaga muvofiq quyidagi №3, №7 sxemalar bo‘yicha ishlaydi. (https://lex.uz/docs/337775, https://lex.uz/docs/7080176)
Mahsulotni sertifikatlash akkreditatsiya doirasidagi mahsulotni sertifikatlash bo'yicha akkreditatsiyalangan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotni sertifikatlash jarayoni quyidagi ketma-ket protseduralarni o'z ichiga oladi:
- https://singlewindow.uz elektron tizimi orqali sertifikatlashtirish organiga sertifikatlashtirish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
- Taqdim etilgan arizada ko'rsatilgan mahsulot bo'yicha meyoriy xujjatlarni tahlil qilish
-intellektual mulk huquqlariga (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik ko‘rsatkichlar va sanoat namunalari) rioya etilishini o‘rganish va tekshirish (keyingi o‘rinlarda OIS deb yuritiladi);
- ariza bo'yicha qaror qabul qilish;
- test dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
- namunalarni aniqlash, tanlash va laboratoriyaga yetkazib berish;
- namunalarni akkreditatsiya qilingan laboratoriyada tekshirish;
- ishlab chiqarish holatini tekshirish;
- sifat menejmenti tizimini sertifikatlash;
- boshqaruv tizimini baholash;
- muvofiqlik sertifikatiga ariza qabul qilish;
- olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish;
-muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish;
- muvofiqlik sertifikatlarini davlat reestrida elektron ro'yxatga olish.
Mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati yagona elektron shakldan foydalangan holda beriladi. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish sxemasini hisobga olgan holda, talabnoma beruvchiga muvofiqlik sertifikatini qo'llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to'g'risida shartnoma tuziladi. Ushbu shartnoma sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash usullarini, inspeksiya nazoratini o'tkazish shartlarini va qat'iy belgilangan bir martalik to'lovni to'lash shartlarini belgilaydi.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.