O'zR FA akad. S. Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti (O'MKI) Yuqori molekulali o'simlik moddalari kimyosi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Olimjon Boymatov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o'tkazilgan "Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish" tanlovida g'olib deb topilib,  Germaniyaning Hannover shahridagi Leibniz Universitetining Organik kimyo institutida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqda.

Tadqiqotchi mazkur institutda "Polisaxaridlarni kimyoviy modifikatsiyalash va ular asosida to'qima muhandisligida qo'llaniladigan gidrogellar va implantantlar olishning ilmiy asoslarini o'rganish" mavzusi doirasida tajribalar o'tkazmoqda.

Olimjon Boymatovning ilmiy safaridan suratlar: