Xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiruvchi memorandum imzolandi
- Bosh sahifa
- Xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiruvchi memorandum imzolandi
Xalqaro Tabiiy va Gumanitar Fanlar Akademiyasi (The International Core Academy of Sciences and Humanities) va O'zbekiston Kimyogarlar Jamiyati o'rtasida shartnoma imzolandi!
Xalqaro Tabiiy va Gumanitar Fanlar Akademiyasi (CORE Academy) va O‘zbekiston Kimyogarlar Jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
CORE Academy va O‘zbekiston Kimyogarlar Jamiyati (O‘zKJ) o‘rtasida ilmiy, ta’limiy va innovasion hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida:
-zamonaviy ilmiy tadqiqotlar,
-professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvi,
-qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish,
-xalqaro ilmiy konferensiyalar, seminarlar va forumlar o‘tkazish,
-ilg‘or materiallar, kimyo, nanotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa innovatsion yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Tashabbus O‘zbekiston ilm-fani, ayniqsa kimyo sohasi rivojiga yangi bosqich qo‘shishi, yosh tadqiqotchilar, olimlar hamda doktorantlar uchun xalqaro ilmiy makon bilan integratsiyani kuchaytirishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
O‘zbekiston Kimyogarlar Jamiyati mazkur hamkorlik orqali Respublikada kimyo sohasida xalqaro standart va ilg‘or ilmiy tajribalarni joriy etish, yosh kimyogarlar salohiyatini oshirish va ilmiy sohalarni tizimli mustahkamlashni maqsad qilgan.






© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.