Tabiiy o'simlik polisaxaridlariga asoslangan biologik parchalanadigan plyonka ishlab chiqildi
- Bosh sahifa
- Tabiiy o'simlik polisaxaridlariga asoslangan biologik parchalanadigan plyonka ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti (OʻMKI)ning Yuqori molekulali oʻsimlik moddalari kimyosi laboratoriyasi olimlari tomonidan mahalliy oʻsimlik suvda eruvchi polisaxaridlari asosida ekologik toza va atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsiz boʻlgan bioparchalanadigan plyonkalar olishning yangi optimal retsepturasi ishlab chiqildi. Mazkur plyonkalar tashqi koʻrinishi va mexanik xossalari jihatidan sintetik polietilen plyonkalarga oʻxshash boʻlib, tarkiban toʻliq tabiiy oʻsimlik polisaxaridlaridan iborat. Ular tuproq va suv muhitida oson bioparchalanish xususiyatiga ega. Olingan bioparchalanadigan plyonkalar oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida qoʻllash uchun istiqbolli hisoblanadi hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishlanma uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan IAP 8274 raqamli patent olingan.


© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.