Yosh olimlar va rahbariyat uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun O‘simlik moddalari kimyosi institutida yosh olimlar hamda institut direktori, akademik Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda dolzarb muammolarni birgalikda muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida:

  • yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish,
  • zamonaviy laboratoriya va ilmiy infratuzilmalardan samarali foydalanish,
  • ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Rahbariyat tomonidan bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yosh olimlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Mazkur uchrashuv yosh olimlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish va institut taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.