O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI akad. S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor –tadqiqotchilik institutiga 2025-yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

  • 02.00.03 - Organik kimyo;
  • 02.00.10 - Bioorganik kimyo;
  • 06.01.09 - Oʻsimliklarni himoya qilish
  • 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya.

 

Hujjatlar 2024-yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari hamda stajyor–tadqiqotchilik va doktorantura uchun suhbat 2024-yilning 1-25 noyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar. Stajyor-tadqiqotchi va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladilar.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
  • muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ikkita ma’ruza-tezisga ega bo‘lish;
  • xorijiy tildan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

 

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
  • xorijiy tildan filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.

  

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan ta’minlanadilar.

Qo‘shimcha ma’lumot va qabul kvotalarini https://uzicps.uz saytidan olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 262-72-85, 262-59-13.