YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Bosh sahifa
- YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY ANJUMANI
HURMATLI HAMKASBLAR!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti sizni 2025-yil 23-aprelda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tabiiy birikmalar kimyosining dolzarb muammolari” mavzusidagi Yosh olimlar anjumanida ishtirok etishga taklif qiladi.
ANJUMAN DASTURI
1. Tabiiy birikmalar kimyosi, biologiyasi, farmakologiyasi, texnologiyasi va biotexnologiyasi, organik kimyo.
2. Yangi dori vositalarini yaratishdagi yangiliklar va muammolar.
Anjumanda plenar (20 daqiqa), og‘zaki ma’ruza (10 daqiqa) va poster (devoriy) taqdimotlar rejalashtirilgan.
19.02.2025
317
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.