O‘simlik lipidlari asosida insektitsid faollikga ega vosita
- Bosh sahifa
- O‘simlik lipidlari asosida insektitsid faollikga ega vosita
O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti Lipidlar kimyosi labotatoriyasi va Dorivor va texnik o‘simliklar biologiyasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari (professorlar Gusakova Svetlana Dmitriyevna va Zakirova Rano Pulatovna rahbarligida) bilan hamkorlikda O‘zR FА O‘MKIda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan galofit o‘simliklar lipidlari asosida insektitsid faollikga ega vosita yararish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishmoqda. Olimlar tomonidan hozirgi kungacha olingan natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intelektual mulk agentligi tomonidan Ixtiro uchun «O‘simlik lipidlari asosida insektitsid faollikga ega vosita» nomli (UZ IAP 8082 (02.06.2025)) patenti olindi.
Foydalanish sohasi: Qishloq xo‘jaligida, xususan, o‘simlik lipidlari asosida o‘simliklarni so‘ruvchi zararkunanda hasharotlardan himoya qilish uchun.
Vazifasi: O‘simlik bioinsektitsidlari assortimentini kengaytirish, bioinsektitsid tarkibidan sintetik sirt faol moddalarni chiqarib tashlash, insektitsidning ishchi eritmasi konsentratsiyasini pasaytirish, o‘simliklarga ta’sir etuvchi moddaning ishchi eritmasi bilan qayta ishlov berish sonini kamaytirish va bioinsektitsidning ekologik tozaligini oshirish.
Ixtiro mohiyati: O‘imlik lipidlari va suvli emulsiyadagi sirt faol moddalar asosida uch turdagi o‘simlik bitlari (shirasi) (Schizaphis graminum, Macrosiphum rosae, Aphis pomi) va sholi uzunburuniga (Sitophilus oryzae) qarshi insektitsid faollikka ega vosita taklif etilgan, bunda o‘simlik lipidlari va sirt faol moddalar sifatida 20,8% sirt faol glikolipidlar va fosfolipidlarni o‘z ichiga olgan 0,1% konsentratsiyadagi sho‘rxok sho‘ra (Suaeda salsa) mevasi yig‘indi lipidlari ekstraktidan iborat.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.