“Ko‘p tomonlama hamkorlik orqali gender tengligini ilgari surish” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida UNESCO va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida maxsus tadbir Samarqand shahridagi Xalqaro kongress markazida o‘tkazildi.

Tadbirga UNESCO Bosh direktori, hurmatli H.E. Audrey Azoulay rahbarlik qildi. U o‘z nutqida ayollarni ijtimoiy, siyosiy va ilmiy hayotda faol qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Institutimiz olimasi, professor Nilufar Mamadaliyeva ham tadbirda ishtirok etdi. 
Tadbir UNESCO va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

*Gender tengligi bu ayol va erkaklarning o’ziga xosligini inkor etish va tabiiy farqlarini tenglashtrish emas, balki ularning imkoniyat va huquqlarini tenglashtirish, har biri jamiyatda o‘z o‘rnini erkin egallashi uchun sharoit yaratish nazarda tutiladi.