Ona tilim – bebaho boyligim va g‘ururim!
- Bosh sahifa
- Ona tilim – bebaho boyligim va g‘ururim!

Dunyoda har bir davlat rivojida, avvalo, o‘sha davlatning tili muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 80 milliondan ortiq o‘zbeklar istiqomat qiladi. Ularni asrlar davomida birlashtirib turgan yagona vosita bu — o‘zbek tilidir!
O‘zbek tili – milliy g‘ururimiz, xalqimizning ma’naviy tayanchi va davlatimiz ramzlaridan biridir.
Til – xalqning ma’naviy poydevori, millatning o‘zligini ifoda etuvchi eng muhim qadriyatlardan biridir. Har bir ilmiy yutuq, har bir fikr va yangilik til orqali avloddan avlodga o‘tadi.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan edi.
Ushbu sana har birimiz uchun g‘urur va mas’uliyat timsoli bo‘lib, O‘zbekiston olimlariga ham katta burch yuklaydi.
O‘zbek tilining akademik til sifatida rivojlanishiga hissa qo‘shish, ilmiy merosni o‘z ona tilimizda qoldirish — har bir ziyoli va olimning muqaddas vazifasidir.
Shu bois, O‘zbekiston ziyolilari o‘zbek tiliga befarq bo‘lmaslikka chaqiradilar.
Til bayrami munosabati bilan institutimiz jamoasi uchun tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda olimlarimiz so'zga chiqib juda muhim ma'ruzalar qilishdi.
O'zbek tilini akademik til sifatida rivojlantirish muhim ekanligini olimlarimiz alohida e'tirof etishdi.
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishchi guruhi
21.10.2025
317
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.