Namangan muhandislik-texnologiya institutida taniqli olim, akademik Shomansur Sagdullayev talabalar, magistrlar va yosh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida akademik zamonaviy ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Talabalar va magistrlar uchun ilmiy tadqiqot ishlarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Akademik Sagdullayev yosh olimlar bilan ilmiy loyihalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy etish masalalarida tajribalarini ulashdi. Shuningdek, fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab tavsiyalar berildi. 

Uchrashuv davomida talabalar va yosh olimlar akademik bilan qiziqarli savol-javoblar tashkil etib, o‘zlarini qiziqtirgan ilmiy mavzularni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir ilmiy innovatsiyalarni rivojlantirish va yoshlar orasida ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati