XXII Mendeleyev s’yezdida Tibbiy kimyo yo‘nalishidagi taniqli olimlar, jumladan N. N. Vorozhtsov nomidagi Novosibirsk organik kimyo instituti, Tibbiy kimyo kafedrasi muxbir a'zosi RAN Nariman Faridovich Salaxutdinov, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti k.f.d., professor Elena Milaeva, N.I Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, Moskva, Rossiya muxbir a'zosi RAN V.V. Poroikov, Volgograd Davlat Tibbiyot Universiteti Innovatsion dorilar ilmiy markazi Farmakologiyada axborot texnologiyalari va dori vositalarini kompyuter modellashtirish laboratoriyasi professori Vasilev Pavel Mixaylovich,    N. D. Zelinsky nomidagi Organik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik RAN, Evropa akademiyasi muxbir a’zosi Valentin Ananikov, Rossiya fanlar akademiyasining Kimyo va materialshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezidenti Kalmykov Stepan Nikolaevichlar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish va kelajakda birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ilmiy hamkorlik masalasida gaplashildi.

XXII Mendeleyev s’yezdida 2011-yilda kvazikristallarni kashf etgani uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan isroillik Dan Shextman bilan akademik Sh.Sh. Sagdullayev va katta ilmiy xodim, PhD. A.I. Sanoyev o‘zaro muloqatda bo‘lib, kelajakda birgalikda hamkorlik qilish va O‘zbekistonda kvant kimyo yo‘nalishida ma’ruzalar tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.