“Tabiiy birikmalar kimyosining dolzarb muammolari” mavzusidagi Yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
- Bosh sahifa
- “Tabiiy birikmalar kimyosining dolzarb muammolari” mavzusidagi Yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
2025-yil 23-aprel kuni Toshkent shahrida “Tabiiy birikmalar kimyosi dolzarb muammolari” mavzusidagi Yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya va Qirg‘iziston kabi davlatlardan olimlar ishtirok etdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida tasdiqlangan rejaga binoan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tashkil etildi.
Bizning Konferensiyamiz jonli efirda ham uzatib turildi. Bu esa O'zbekiston ilm-fan sohasidagi yutuqlarni to'g'ridan -to'g'ri Jahonga ko'rsatish imkonini berdi. Yoshlarimiz o‘z qobiliyatini juda yaxshi namoyon etdi. Dunyodagi eng ilg'or ilm-fan maskanlaridagi yoshlar bilan teng bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Konferensiyani Institutimiz Youtube sahifasining Jonli (Live..., Трансляция...) bo‘limidan tomosha qilishingiz mumkin.
23 Aprel 2025 y Institutimizda bo‘lib o‘tgan Yosh olimlar Konferensiyasida Zoom Platformasi orqali video ma'ruzalar ham bo‘ldi. Quyida har doim va istalgan vaqtda tomosha qilishingiz mumkin!
1) Prof. Botirov Erkin Xojiakbarovich Zoomda: "Prof. E H. Botirov Zoom ma'ruzasi"
April 23, 2025 at the Conference! Passcode (код доступа; kirish kodi): .zn=G1z3
2) Akademik Бачурин Сергей Олеговичнинг Zoomda: "Bachurin Sergey presentation" April 23, 2025 at the Conference ! Passcode (код доступа; kirish kodi): wnP@*0e%
Konferensiya dasturi va to‘plamini quyida alohida pdf faylda olishingiz mumkin!
PDF: Dasturi ; Tezislar to'plami
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.