Institutimizda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti delegatsiyasi bilan ilmiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizga 2026-yil 16–21-mart kunlari D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti delegatsiyasining rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Mazkur tashrif doirasida 2026-yil 17-mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Delegatsiya tarkibidan universitet rektori, professor Sergey Nikolayevich Filatov, rektor apparati rahbari Elena Sergeyevna Dernovaya, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Dmitriy Sergeyevich Kadymov  hamda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, N.D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti direktori Aleksandr Olegovich Terentyev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, organik kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.