I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): Apiaceae ва Asteraceae oilalariga mansub o‘simliklarining terpenoidlari asosida preparatlarning substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo  (texnika fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2019.2.DSc/T193

Ilmiy maslahatchi: Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich texnika fаnlаri dоktоri.

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori (DSc), professor Sagdullayev Baxodir Taxirovich; texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim Filatova Albina Vasilyevna; kimyo fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim Babayev Baxrom Nurillayevich;

Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

Ferula turkum o‘simliklarining (Apiaceae oilasi) terpenoid spirtlarining murakkab efirlari asosida estrogen ta’sirga ega substansiyalarini ishlab chiqarishning yagona texnologiyasi va Asteraceae oilasiga mansub ayrim o‘simliklarning seskviterpen laktonlari asosida antigelmint ta’sirga ega substansiya olish texnologiyasini ishlab chiqish; ishlab chiqilgan texnologiyalarda hosil bo‘ladigan chiqindilarni yangi biologik faol substansiyalarni yaratish uchun tadqiq qilish; yaratilgan substansiyalar va ularni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan xom ashyolarni standartlashdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

bir omilli tajribalar va matematik rejalashtirish usulidan foydalangan holda optimallashtirish asosida Ferula (kavrak) turkum o‘simliklarining to‘rt turidan terpenoid spirtlarining murakkab efirlarini, Asteraceae oilasiga mansub uch turdagi o‘simliklardan seskviterpen laktonlarni ajratib olishning maqbul sharoitlari belgilangan;

o‘rganilayotgan Ferula turkum o‘simliklarining yer ustki qismidan olingan spirt-suvli ekstraktlarini yashil rang beruvchi yot moddalardan ko‘mir bilan ishlov berish orqali tazalash va terpenoid spirtlarining murakkab efirlari hamda seskviterpen laktonlarini yot moddalardan suyuqlik-suyuqlik ekstraksiya tizimida fraksiyalarga ajratish usuli ishlab chiqilgan;

turli hil quritish usullari asosida terpenoid spirtlarining murakkab efirlari va seskviterpen laktonlari uchun yordamchi moddalar qo‘shilgan holda vakuumli quritish, F. kuhistanica o‘simligining yer ustki qismi polisaxaridlarining suvli ekstrakti uchun esa purkab quritish taklif qilingan;

ilk bor tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun F. tenuisecta, F. tschimganica, F. angrenii o‘simliklarining yer ustki qismidan estrogen ta’sirga ega «Tenestrol», «Chimfestrol», «Fangestrol» substansiyalarini hamda F. kuhistanica o‘simligining yer ustki qismidan parrandachilikda tuxum quyishni ko‘paytirish uchun «Kufestrol» veterinar vositasini ishlab chiqarishning yagona texnologiyasi ishlab chiqilgan;

ilk bor I. grandis ildiz va ildizpoyalari, T. pseudoachillea va A. annua o‘simliklarinng yer ustki qismilaridagi seskviterpen laktonlar hamda A. lehmannii o‘simligi ildiz va ildizpoyalari flavonoidlari asosida gelmintlarga qarshi ta’sirga ega «Gelmintabs» va «Gelmintalem» vositalari va ishlab chiqarish texnologiyalari yaratilgan;

birinchi marta F. kuhistanica o‘simligining yer ustki qismi shrotidan polisaxaridlar asosida prebiotik faolligiga ega «Arbifilan» substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, bu esa xom ashyodan oqilona foydalanish imkonini bergan;

F. kuhistanica o‘simligining yer ustki qismidan yarani davolash ta’sirga ega lipidlar va F. tenuisecta yer ustki qismidan antioksidant ta’sirga ega efir moylarini ajratib olish imkoniyatlari isbotlangan;

ishlab chiqilayotgan substansiyalar va xomashyolarni standartlashtirish usullari ishlab chiqilgan, zarur me’yoriy-texnik hujjatlar tasdiqlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

Tadqiqot ob’ektlaridan substansiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tenestrol» substansiyasini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05552, 2018 y.). Tadqiqotlar natijasi klimakterik sindromni davolash uchun yangi vosita yaratish imkonini bergan;

«Kufestrol» substansiyasini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04422, 2011 y.). Ilmiy izlanishlar natijasida parrandalarning tuxum quyishni tezlashtiruvchi preparat ishlab chiqilgan;

A. lehmannii o‘simligidan olingan vositaning gelmintlarga qarshi ta’siri uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05484, 2017 y.). Tadqiqot natijalari gelmintlarga qarshi yangi mahalliy vosita ishlab chiqish imkonini bergan;

prebiotik faollika ega arabinogalaktan olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05620, 2018 y.). Natijalar F. kuhistanica o‘simligining yer ustki qismidan oqilona foydalanish imkonini bergan;

igalan olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06990, 2022 y.). Olingan natijalar gelmintlarga qarshi «Gelmintabs» vositasini standartlashtirishga imkon bergan;

«Kufestrol» veterinar preparati uchun tashkilot standarti Ts 03535440-009:2017 (ro‘yxatdan o‘tish raqami № 112/006543, 04.04.2017 yil) va «Kuhiston kavragining quritilgan yer ustki qismi» xom ashyosiga TSh 03535440-010:2017 ishlab chiqilgan va «O‘ZSTANDART AGENTLIGI» ro‘yxatiga kiritilgan. Tadqiqotlar natijasida parrandalarni tuxum qo‘yishini tezlashtiruvchi  xavfsiz vosita amaliyotga tadbiq qilingan;

«Gelmintabs» biologik faol qo‘shimchasi uchun tashkilot standarti (Ts 03535440-038:2020) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida gelmintlarga qarshi ta’sirga ega yangi biologik faol qo‘shimchani amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatini yaratilgan;

Kuhiston kavragi suvda eruvchan polisaxaridlari «Arbifilan» uchun tashkilot standarti (Ts 03535440-031:2020) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari prebiotik ta’sirga ega bo‘lgan substansiyani biologik faol qo‘shimcha va bioreagent sifatida tadbiq qilish imkonini bergan.