I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Matricaria, Calendula, Ajuga, Lycopersicon turkum o‘simliklarining lipidlari va ular asosidagi dori vositalarini ishlab chiqish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2023.1.PhD/К600

Ilmiy rаhbаr: kimyo fanlari doktori, professor Gusakova Svetlana Dmitriyevna

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti,

DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori Babayev Baxrom Nurillayevich, kimyo fanlari doktori Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich.

Yetаkchi tаshkilоt: Bioorganik kimyo instituti

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

Matricaria recutita L., Matricaria matricarioides (Less.) Porter., Calendula officinalis L., Ajuga turkestanica (Rgl.) Brig. va Lycopersicon esculentum (Tourn.) Mill. o‘simliklari lipidlarini o‘rganish, ulardan moyli ekstraktlar olish usullarini ishlab chiqish va moyli ekstrakt, o‘simlik fosfolipidlari va karotinoidlari asosida yangi dori vositalarini yaratish.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

Matricaria matricarioides o‘simligi urug‘larining lipidlari ilk marta tadqiq qilinib, tarkibida epoksi - va gidroksiatsilglitseridlar aniqlangan; spektral, kimyoviy va xromatografik usullar yordamida oksidlangan yog‘ kislotalarining tarkibi va tuzilishi tadqiq qilingan va ularda Asteraceae (Murakkabguldoshlar) oilasiga xos ma’lum izomer kislotalar 9,10-epoksi-18:1(12), 12,13-epoksi-18:1(9), 9-gidroksi-18:2(10,12) va 13-gidroksi-18:2(9,11) ustuvor ekanligi aniqlangan;

Ajuga turkestanica barglari, gullari, urug‘lari va ildizlari lipidlari ilk marta tadqiq qilingan; neytral lipidlar, gliko - va fosfolipidlarning tarkibi va yog‘ kislotalarining tuzilishi hamda o‘simlikning barcha qismlaridagi fosfolipidlarda A. turkestanica o‘simligi uchun xos bo‘lgan iridoidlar va ekdisteron aniqlangan;

Lycopersicon esculentum pomidor mevalari po‘stlog‘ining lipidlari tavsiflangan, birinchi marta po‘stlog‘i likopinning yuqori miqdori bo‘lgan karotinoidlarga boy bo‘lib, lipid komponentlarining murakkab kompleksini (yog‘ kislotalarining etil efirlari, fitosterollar, triterpenollar) o‘z ichiga olganligi ko‘rsatilgan;

Dorivor o‘simliklarning vegetativ organlaridan biologik faol moddalarga boy bo‘lgan moyli ekstraktlar olishni ta’minlaydigan ikki fazali ultratovushli suv-moyli ekstraksiya usuli ishlab chiqilgan;

Matricaria recutita, Calendula officinalis va Ajuga turkestanica o‘simliklari moyli ekstraktlaridan organizmning regenerativ jarayonlarini jadallashtiruvchi va oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarida samarali ta’sir etuvchi yangi Biofitol fitomoyi yaratilgan;

Soya letsitini, rafinatsiyalanmagan pista moyi, Lycopersicon esculentum karotinoidlari ekstrakti, ekdisten va glitsirrizin kislotasi asosida yaratilgan jigarni himoyalovchi “Gepalipin” dori vositasi kompozitsiyasi ma’lum “Fosfogliv” (Rossiya Federatsiyasi) dori vositasidan samaraliroq ta’sirga ega ekanligi aniqlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

O‘zbekiston hududida o‘suvchi Matricaria matricarioides, Matricaria recutita, Calendula officinalis, Ajuga turkestanica va Lycopersicon esculentum o‘simliklarining lipidlar va lipofil birikmalarini tadqiqotida olingan ilmiy natijalar asosida:

O‘simlik xom ashyosini kompleks qayta ishlash usuliga O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 04702, 2013y.). Tadqiqotlar natijasi biologik faol moddalar miqdori yuqori bo‘lgan yog‘li, suv-spirtli va spirtli ekstraktlarni olish imkonini bergan;

Organizmning tiklanish xususiyatini kuchaytiruvchi vositani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 05367, 2017y.). Olingan natijalar asosida keng farmakologik spektrga ega biologik faol moddalarga boy dorivor o‘simliklarning ekstraktlari asosida yangi fitomoylarni olish imkoniyati yaratilgan.

Jigarni himoyalovchi “Gepalipin” yangi dori vositasi substansiyasiga VFM 42 Uz-4691-2021 vaqtinchalik farmakopeya maqolasi ishlab chiqilgan va O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (11.10.2021y.). Ilmiy tadqiqotlar natijalari gepatoprotektor ta’sirga ega substansiyasini amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatini bergan;

Gepalipin dori vositasi substansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma olingan (№ DV/M 03937/10/21, 11.10.2021y.). Bu esa Gepalipin dori vositasining tibbiyot amaliyotida qo‘llash va substansiyani ishlab chiqarish imkonini bergan;

Gepalipin dori vositasini klinik sinovlarini o‘tkazishga O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat olingan va Toshkent shahridagi klinika belgilangan (Farmakologiya qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi № 29/03-529 xati). Natijada ushbu dori vositasi respublikada import o‘rnini bosish imkoniyatini yaratgan.