Abrayeva Zuxro Choriyevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Dictamnus angustifolius, Ruta graveolens va Haplophyllum perforatum oʻsimliklarining alkaloidlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2023.1.PhD/К346.

Ilmiy rаhbаr: Rasulova Xalida Abdulxayevna.

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti,

DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, prof. Ramazonov Nurmurod Sheraliyevich

Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent Farmatsevtiika instituti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

Himoya 5-mart 2024 yil soat 10:00 da OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi institutida bo'lib o'tadi.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

O‘zbekiston hududida o‘suvchi Dictamnus angustifolius, Ruta graveolens va Haplophyllum perforatum o‘simliklarining alkaloidlarini tadqiq qilish, fizik-kimyoviy usullar yordamida yangi alkaloidlarning kimyoviy tuzilishini isbotlash va ularning biologik faolligini aniqlashdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

O‘zbekistonda o‘sadigan Dictamnus angustifolius, Ruta graveolens, Haplophyllum perforatum o‘simliklaridan 20 ta alkaloid - furanoxinolin, modifikatsiyalangan furanoxinolin, digidropiranoxinolin-4-on, piranoxinolin-2-onning hosilalari va 7 ta kumarinlar ajratib olingan;

birinchi marta Dictamnus angustifolius o‘simligining ildizidan 2 ta yangi angustinin va angusin alkaloidlari ajratib olingan, spektral ma’lumotlar va RTT usuli asosida ularning mos ravishda 7-(geptiloksi)-4,8-dimetoksifuro-(2,3)-xinolin va 7-(p-tolilsulfonil)-4,8-dimetoksifuro-(2,3)- xinolin tuzilishlarga ega ekanliklari isbotlangan;

ilk marta Ruta graveolens o‘simligi urug‘idan yangi alkaloid digidroflindersin ajratib olingan va uning tuzilishi (2,2-dimetil-4,6-digidro-3H-pirano[3,2-c]xinolin-5-on) isbotlangan;

ilk marotoba 1Н va 13С YAMR spektrlarini tahlil qilish, shuningdek, DEPT, HSQC va HMBC tajribalari asosida Haplophyllum perforatum urug‘idan ajratib olingan yangi modifikatsiyalangan furanoxinolin alkaloidi perfirinning tuzilishi 3,4,5,6-tetragidro-7-metoksi-2,2-dimetil-2H-furo[2,3-b]pirano[3,2-h]xinolin, deb aniqlangan;

ilk bor RTT usuli yordamida ribalinidin alkaloidi va rutarin kumarinining fazoviy tuzilishlari tasdiqlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi. Dictamnus angustifolius, Ruta graveolens va Haplophyllum perforatum o‘simliklarining alkaloidlarini fitokimyoviy tadqiqotlari natijasi asosida quyidagi amaliyotlar amalga oshirilgan:

Angusin alkaloidining rentgen tuzilishi ma’lumotlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro tuzilish ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/) ro‘yxatga olingan va CCDC 1982366 raqami berilgan. Natijada tegishli soha olimlari tomonidan moddalarning rentgen tuzilishi tahlili (RTT) natijasida olingan alkaloidlarning tuzilishi, tabiati, molekulalararo o‘zaro ta’sirlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

tadqiqot ilmiy natijalari 2017-2020 yillar davomida bajarilgan № VA-FA-F-6-010 «Tabiiy birikmalarda geteroatomlar: molekulalararo ta’sirlashuv, reseptorli tanib olish, farmakoforlar» mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 22-maydagi № 4/1255-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada Dictamnus angustifolius va Ruta graveolens o‘simliklaridan ajratib olingan angusin, ribalinidin alkaloidlari va rutarin, ksantotoksin, izopimpinellin kumarinlari ilmiy ob’yekt sifatida foydalanilgan;

Dictamnus angustifolius, Ruta graveolens va Haplophyllum perforatum o‘simliklarining alkaloidlari va kumarinlarning kimyoviy tarkibi va biologik faolligini tahlil qilish natijalari Rossiya Federatsiyasi Byudjet Oliy Ta’lim Muassasasi «Surgut davlat universiteti»da « Shimoliy mintaqada mevalar va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ulardan biologik faol birikmalarni ajratish texnologiyasi (YugraBioFarm)» amaliy loihasida ishlatilgan, xamda 2021-2023 yillarda kimyo, biologiya va ekologiya kafedralarida o‘quv jarayonida magistratura talabalarining diplom va kurs ishlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Surgut davlat universitetining 2023 yil 22 dekabrdagi № 03-01/296-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik faolligini taqqoslash va loyiha natijalarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.