I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Vitis vinifera L. tok oʻsimligi poliprenollari va ularning kimyoviy oʻzgarishlari, 02.00.10- Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2017.4.PhD/К82

Ilmiy rаhbаr: Xidirova Nazira Kudratovna

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: : OʻzR FА akad. S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti,

DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari nomzodi, professor Xabibulla Sayfullayevich Tadjimuxamedov,  kimyo fanlari doktori Nishanbayev Sabir Zaripbayevich.

Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent  farmatsevtika instituti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

Vitaceae oilasiga mansub Vitis vinifera L.  o‘simligi barglari poliprenollari  va ularning modifikatsiyalangan hosilalarini tadqiq  qilish, hamda biologik xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

Ilk  bora Oʻzbekiston respublikasi turli xududlarida oʻsuvchi  Vitis vinifera subsp. sativa (madaniylashtirilgan) ва Vitis vinifera subsp. silvestris (yovvoyi) tok oʻsimligi poliprenollar (PP)i  tadqiq qilingan va ularning modifikatsiyasi natijasida  21 ta modda olingan, shulardan 18 tasi yangi;

PPni karbon kislotalar, kislota angidridlari bilan atsillash reaktsiyalari oddiy va mikritoʻlqinli nurlatish (MTN) sharoitida amalga oshirilgan, bu sharoitda reaktsiya tezligi 25-90 marotaba tezlashishi, mahsulotning unumi oshishi kuzatilgan;

PPning oddiy va mikritoʻlqinli nurlatish (MTN) sharoitida oksidlash reaktsiyalari oʻtkazilgan, MTN sharoitida reaktsiyalarning borishi tezlashishi aniqlangan;

krezolyatlarni PP bilan alkillash reaktsiyalari dastlabki reagentlarning nisbatiga bogʻliq boʻlmagan xolda regioselektiv ravishda о-alkilmahsulot hosil boʻlishi bilan ketishi aniqlangan. PP  miqdorini ortiqcha olinishi p-alyuminiy krezolyat holatida  2,6-dipoliprenil-4-metilfenol hosil boʻlishiga olib kelgan;

olingan PP, poliprenilatsetat (PPА), poliprenilftalat (PPF) va poliprenil-bromidlarning (PPBr) “biologik faollik – tuzilish ” qonuniyatlari tadqiq qilingan, natijada PPA> PPF>PPBr >PP qatori aniqlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

Vitis vinifera L. tok oʻsimligi poliprenollari va ularning kimyoviy oʻzgarishlarini  tadqiq qilish asosida:

Vitis vinifera L. oʻsimligi barglari asosidagi  «Vitaprenol» biologik faol qoʻshimchasi uchun Tashkilot standarti (Ts 03535440-037:2020, 10.06.2020) va  Texnologik yoʻriqnoma (ТI 03535440-037:2020 10.09.2020) ishlab chiqilgan va tegishli tashkilotlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Natijalar mahalliy ozuqaviy biologik faol qoʻshimchalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;

Vitis vinifera L. barglari PPi va PPA, PPBr, PPFlardan Guliston davlat universitetining  № SА-2018-005 “Shoʻrga chidamli oʻsimliklar genofondini boyitish, saqlash, reproduktsiya olish va undan ishlab chiqarishda foydalanishni yoʻlga qoʻyish” (20018-2020) amaliy loyihasida urugʻni unib chiqishini tezlashtiruvchi stimulyator sifatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 21.11.2023 yildagi № 4/17-4/1-8078  -son ma’lumotnomasi). Natijalar shoʻrlangan tuproqlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini unib chiqishini tezlashtiruvchi vositalar yaratish imkonini bergan;

Vitis vinifera L. oʻsimligi barglaridan ajratib olingan PPning spektr ma’lumotlari, modifikatsiyasi natijalari va biologik faolliklari yuqori reytingli Scobus bazasiga kiritilgan xorijiy ilmiy nashrlarda foydalanilgan (Fitoterapia, 2015. V.106. P.184. IF 3.204; Scientific Report 2021. V.11. IF 4.996; ChemChemTech 2022, V.65(3). P.100. IF 1.016). Tadqiqot natijalari tabiiy birikmalarning modifikatsiyasidan olingan yangi birikmalar tuzilishini, biologik faolliklarini aniqlash imkonini beradi.