Mutalova Dilnoza Karimberdievnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “N-dezatsetillappakonitin gidrobromidi, donaksin gidroxloridi substansiyalari, akonitin bioreaktivi, ularning xomashyolari va sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarining nazoratlari”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2023.4.PhD/4090

Ilmiy rahbar: Sadikov Alimdjan Zairovich, texnika fаnlаri dоktоri.

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori (DSc), professor Sagdullayev Baxodir Taxirovich; kimyo fanlari doktori (DSc), Matchanov Olimjan Davlatbayevich.

Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

В2023.2. DSc8

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi:

Antiaritmin, Donaksin gidroxloridi dori vositalari substantsiyalarini va akonitin bioreaktivini ishlab chiqarish xom ashyolarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini bosqichma bosqich nazoratini, tayyor dori shakllarini sifat va miqdor jihatidan tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.

 

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

- Allapinin dori vositasi substantsiyasini ishlab chiqarish ikkilamchi mahsulotlarida Antiaritmin substantsiyasi miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YUSSX) usulida aniqlash ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan. Antiaritmin substantsiyasini hamda tayyor dori shaklini miqdoriy tahlil usullari spektrofotometriya hamda YUSSX uslublarini qo‘llangan holda ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;

- Arundo Donax o‘simligi yer ustki qismida va Donaksin gidroxloridi substantsiyasida, tayyor dori shaklida donaksin alkaloidi miqdorini suvsiz titrlash va YUSSX uslublari qo‘llanilgan holda aniqlash usullari ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;

-Aconitum soongarisum o‘simligi ildiz tuganaklarida va akonitin bioreaktivi tarkibidagi akonitin alkaloidi miqdorini spektrofotometrik va YUSSX usullarida aniqlash ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan;

-Kompleks sifat va miqdoriy tahlil usullarini qo‘llagan xolda Antiaritmin, Donaksin gidroxloridi substansiyalarini hamda akonitin alkaloidini o‘simlik xom ashyolaridan ishlab chiqarish sanoat texnologiyalarini bosqichma bosqich nazorat usullari ishlab chiqilgan, natijada asosiy mahsulotlarning har bir texnologik jarayondagi chiqim va yo‘qotishlari aniqlangan;

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

Antiaritmin dori vositasi substansiyasiga (ВФМ 42 Уз-3260-2017), antiaritmin-standart namunasiga (ВФМ 42 Уз-3261-2017) farmakopeya maqolalari “Farmatsevtik maxsulotlar xavfsizligi markazi” davlat mussasasi tomonidan tasdiqlangan.

Akonitin bioreaktivi (Ts 03535440-017:2020), akonitin-standart namunasi (Ts 03535440-055:2023) va ishlab chiqarish xom ashyosi (Ts 03535440-052:2023) uchun tashkilot standartlari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan.

Antiaritmin, donaksin gidroxloridi dori vositalari substansiyalari va akonitin bioreaktivi ishlab chiqarish jarayonini bosqichma bosqich nazorati natijalari ushbu maxsulotlarini sanoat ishlab chiqarish reglamentarini yaratishda qo‘llanilgan.