Botirov Ro‘zali Anvaroviching fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Botirov Ro‘zali Anvaroviching fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Botirov Ro‘zali Anvaroviching fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Haplophyllum perforatum, Аrundo donax, Capparis spinosa, Stevia rebaudiana o‘simliklarining birlamchi va ikkilamchi metabolitlari substansiyalari texnologiyalari”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm:
Ilmiy maslahatchi: texnika fаnlаri dоktоri., akademik Sagdullayev Shamansur Shakhsaidovich
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Himoya 29.12.2025 yil soat 09.00 da bo'ladi.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Sagdullayev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori professor Raxmonberdiyev G‘affor Raxmonberdiyevich, kimyo fanlari doktori, professor Gafurov Maxmudjon Bakiyevich.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Respublikamizda keng tarqalgan H.perforatum o‘simligi xomashyosidan antidepressant xususiyatga ega-skimmianin, A.donax o‘simligi xomashyosidan tetiklashtiruvchi ta'sirga ega - Donsumin, S.rebaudiana o‘simligi xomashyosidan tabiiy shirinlatgichlar Sweetlife-I va Sweetlife-II, C.spinosa o‘simligi xomashyosidan qon ivishini tezlashtiradigan-staxidrin, endometrioz kasalligini davolash xususiyatlariga ega Kapparin (flavonoidlar yig‘indisi) hamda Kappaspin 1 (polisaxaridlar yig‘indisi), ushbu o‘simlik g‘unchalari va yetilmagan mevalari xomashyosidan, Parkinson kasalligi profilaktikasi uchun – Kappaspin (polisaxaridlar yig‘indisi) dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
tajribalarni matematik rejalashtirish usullari va bir omilli tajribalar orqali H.perforatum, A.donax, C.spinosa, S.rebaudiana turkum o‘simliklaridan birlamchi va ikkilamchi metabolitlari asosida yangi biologik faol substansiyalarni xomashyolardan ekstraksiya qilishning optimal sharoitlari aniqlangan;
H.perforatum o‘simligi xomashyosi ekstraktidan antidepressant xususiyatiga ega bo‘lgan yuqori tozalikdagi skimmianin substansiyasini suyuqlik – suyuqlik texnologiyasi asosida yuqori chiqim bilan (80%) ishlab chiqarishning maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
A.donax o‘simligi xomashyosi ekstraktidan tetiklantiruvchi xususiyatiga ega bo‘lgan yuqori tozalikdagi alkaloidlar yig‘indisi - donsumin substansiyasini suyuqlik – suyuqlik texnologiyasi asosida (77%) ishlab chiqarishning maqbul sharoitlari topilgan;
C.spinosa o‘simligi xomashyosi ekstraktidan cho‘ktirish hamda sorbsion ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida endometrioz kasalligini davolovchi – kapparin, qon ivishini tezlashtiruvchi – staxidrin, o‘simlik xomashyosi shroti suvli ekstraktidan og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga, gipoksiyaga qarshi xususiyatli – kappaspin-1 substansiyalarini ishlab chiqarishning optimal sharoitlari aniqlangan;
С.spinosa o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan Kappaspin va Kappaspin-1 tarkibidagi monosaxarid qoldiqlari turi va miqdori substantsiyalarning farmako-toksikologik xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlangan;
dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar substansiyalarni ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich nazoratini amalga oshirish imkonini beradigan xromatospektrofotometrik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi uslublari ishlab chiqilgan;
ilk bor Respublikamizda madaniylashtirilgan S.rebaudiana o‘simligi xomashyosi ekstraktidan suyuqlik-suyuqlik tozalash usuli yordamida shakar o‘rnini bosuvchi tabiiy shirinlatgichlar - Sweetlife-I, Sweetlife-II ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
- Institut TIChK bazasida yaratilgan ishlab chiqarish texnologiyalari asosida o‘simlik xomashyolaridan skimmianin, donsumin, staxidrin dori vositalari, kapparin, kappaspin 1, kappaspin, Sweetlife-I, Sweetlife-II, biologik faol qo‘shimchalar substansiyalarini ishlab chiqarish qurilmalari yaratilib substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalari qayta ko‘rib chiqilgan. Ushbu qurilmalar yordamida farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish, barcha zarur bo‘lgan me'yoriy-texnik xujjatlarni ishlab chiqish uchun substansiyalarni ilk standart namunalari ishlab chiqarilgan;
ishlab chiqarilgan namunalar asosida yaratilgan substansiyalar uchun texnik shartlar, texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqilib yuqori tashkilotlar tasdig‘idan o‘tkazilgan..
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
1. Skimmianin dori vositasini xomashyodan ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 7879, 2024 y.). Natijada, depressiyaga qarshi yangi dori vositasini yaratish imkoniyati yaratilgan;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan donsumin dori vositasini tetiklantiruvchi ta'sirga ega ekanligiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 7678. 2024 y.). Natijada, tetiklantiruvchi ta'sirga ega yangi dori vositasini yaratish imkoniyatini bergan.
3. Ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan kappaspin dori vositasini Parkinson kasalligi profilaktikasi uchun qo‘llanilishiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 8162, 2025 y.). Natijada Parkinson kasalligi davolash uchun yangi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
4. Ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgichlari olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 8162, 2025 y.). Natijada, S.rebaudiana o‘simligi xomashyosidan Sweetlife-I va Sweetlife-II tabiiy tabiiy shirinlatgichlarini oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkonini bergan;
5. Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgichlari uchun tashkilot standartlari (Ts 03535440-041:2021, Ts 03535440-045:2021) hamda ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomalari (TI 03535440-042:2021, TI 03535440-042:2022) ishlab chiqilgan. Natijada, Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgichlarini seriyali ishlab chiqarilishi amaliyotga tadbiq etish imkoniyati yaratilgan;
6. Kappaspin substansiyasi uchun texnik shart (Ts 03535440-045:2021) va ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnoma (TI 03535440-049:2022) ishlab chiqilgan. Natijada, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldirish xususiyatli substansiyani amaliyotga tadbiq qilish imkoniyati yaratilgan;
7. Kapparin substansiyasi uchun texnik shart, texnologik yo‘riqnomalar (TI 03535440-073:2025) ishlab chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida endometrioz kasalligiga qarshi biologik faol qo‘shimchani amaliyotga tadbiq qilish imkoniyati yaratilgan.
Doktorant R.A.Botirov
Ilmiy maslahatchi, t.f.d., akademik Sh.Sh.Sagdullayev
Ilmiy kengash raisi o‘rinbosari,
k.f.d., prof. B.J. Elmuradov
Ilmiy kengash ilmiy kotibi,
k.f.n., kat.i.x. N.K. Xidirova
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.