G‘aniyev Adham Asqarali o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- G‘aniyev Adham Asqarali o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
G‘aniyev Adham Asqarali o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Artemisia porrecta va Artemisia persica o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari tuzilishi va stereokimyosini YMR spektroskopiyasi usulida tadqiq qilish” mavzusidagi 02.00.10 – Bioorganik kimyo.
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2025.2.PhD/K993
Ilmiy rаhbаr: yetakchi ilmiy xodim, kimyo fanlari nomzodi Nasrulla Djalilovich Abdullayev.
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.20.01.M.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Boboyev Bahrom Nurillayevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim Nishanbayev Sabir Zaripbayevich.
Yetаkchi tаshkilоt: Samarqand Davlat Universitati.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
O‘zbekiston florasida tarqalgan Artemisia porrecta va Artemisia persica o‘simlik turlarining ikkilamchi metabolitlari (terpenoidlar va fenol birikmalari) tuzilishi va stereokimyosini YMR spektroskopiya usuli yordamida o‘rganish.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
A. porrecta va A. persica o‘simliklaridan ajratilgan tabiiy birikmalarning tuzilishi va stereokimyosi zamonaviy YMR spektroskopiya hamda ko‘rsatilgan boshqa usullar yordamida birinchi marta tizimli ravishda o‘rganilgan;
Seskviterpen lakton funksional sinfiga oid 10 ta yangi (adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan) birikmalar aniqlangan va ularning kimyoviy tuzilishi hamda stereokimyoviy tasnifi isbotlangan;
Ushbu 10 ta yangi seskviterpen laktonlardan ikkitasida evdesman skeleti uchun qo‘shimcha noyob 14(4)-halqalanish mavjudligi aniqlangan, bu esa tabiiy birikmalarning yangi “sikloevdesmanolid” kenja tipining ochilishiga va fanga ushbu atama kiritilishiga asos bo‘lgan;
Bisabolan tipidagi seskviterpenoidlarga tegishli 11 ta yangi birikmalar topilgan va ularning tuzilishlari aniqlangan;
Bisabolan tipidagi seskviterpenoidlar uchun ularning tuzilishi va yon zanjirlarining halqalanish xususiyatlariga ko‘ra tabiiy birikmalarning alohida kichik sinfi tasniflangan. Bu esa bisabolanlar bo‘yicha amalga oshiriladigan keyingi tadqiqotlarda ularning tuzilishiga oid xulosalarni yanada aniq va tizimli bayon etishga zamin yaratgan;
A. porrecta va A. persica o‘simlik turlaridan ajratib olingan barcha 21 ta yangi birikmalar uchun ularning spektral va fizik xossalari asosida molekulyar tuzilish sharhlari yozilgan. Shu bilan birga, 68 ta tuzilishi adabiyotlardan ma’lum birikmalarning 1D YMR ma’lumotlari ham tahlil qilingan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
5 ta yangi tabiiy birikmalarning kristall tuzilish ma’lumotlari “Cambridge Crystallographic Data Center” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritildi (CCDC 2356127, 2389789, 2389783, 2389788 va 2389782). Natijada, ushbu ma’lumotlar kelgusida sintez, modifikatsiya hamda farmakologik tadqiqotlarni amalga oshirishda ishonchli ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi;
Tadqiqot yuzasidan nashr etilgan maqolaga yuqori impakt faktorga ega 3 ta turli jurnallarda nashr etilgan maqolalarda iqtiboslar keltirilgan (Phytochemistry, 2025, Vol. 240, 114627, IF 3.4; Fitoterapia, 2025, Vol. 186, 106847, IF 2.6; Br. J. Pharmacol., 2025, Vol. 182, No. 15, 3411-3427, IF 7.7). Natijada, soha mutaxassislari mazkur o‘simlikdan ajratilgan yangi birikmalar, ularning molekulyar tuzilishi hamda stereokimyosi haqida muhim ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.
|
Ilmiy kengash raisi t.f.d., akademik |
Sagdullayev Sh.Sh. |
|
Ilmiy kengash ilmiy kotibi: |
Xidirova N.K. |
|
Ilmiy rahbar: |
Abdullayev N.D. |
|
PhD talabgor: |
G‘aniyev A.A. |
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.