Abdurazakov Asqar Sheraliyevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni
- Bosh sahifa
- Abdurazakov Asqar Sheraliyevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni
Dissertatsiya himoyasi 2023-yil 20-sentyabda 10:00 da bo'ladi.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Benzimidazollar, xinolinlar va xinazolinlar qatorida qishloq xo‘jaligi hamda tibbiyot uchun yuqori samarali preparatlarni sintezi va texnologiyasi», 02.00.03 -“Organik kimyo”, 02.00.14-“Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: В2022.2.DSc/T519.
Ilmiy maslahatchilar: Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich, texnika fаnlаri dоktоri, prоfеssоr. Elmuradov Burxon Jurayevich, kimyo fаnlаri dоktоri, prоfеssоr.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Abdushukurov Anvar Kabirovich; texnika fanlari doktori Vapoev Husnitdin Mirzoyevich; texnika fanlari doktori Xalilov Ravshanjon Muradjanovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi benzimidazol, xinolin, bi-, trisiklik xinazolinlar va ularning yangi hosilalarini sintez qilish usullarini ishlab chiqish, olingan moddalarning tuzilishini, fizik-kimyoviy va biologik faolligini o‘rganish, yuqori biologik faollikka ega birikmalarni sanoatda olish texnologiyasini ishlab chiqish va mavjud texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
benzimidazol, xinolin, xinazolin va ularning hosilalarini maqsadli sintezi va modifikatsiyasi tadqiq etilib 78 ta birikma sintez qilingan va tuzilishi zamonaviy fizikaviy usullar yordamida tasdiqlangan
ilk bor albendazol va pektin asosida olingan «alpek» preparatining tuzilishi fizik-kimyoviy tadqiqot usullari (potensiometrik titrlash, rentgen fazali tahlil, IQ-spektroskopiya) asosida “polimer kompleks” ekanligi ishonchli tarzda isbotlangan;
mahalliy xom-ashyo - medamin preparati chiqindisidan ajratib olingan 2-BMKni karbon kislotalar bilan amaliy ahamiyatga ega atsillash reaksiyalari ilk marotaba amalga oshirilgan va reaksiya borishiga ta’sir etuvchi omillar (substrat tuzilishi, kislota tabiati, reaksiya harorati va davomiyligi) aniqlangan va reaksiyaning taxminiy mexanizmi tavsiya etilgan;
2-BMKni alifatik va aromatik karbon kislotalar bilan reaksiyalari qo‘llanilgan kislota tuzilishi, reaksiyalar sharoiti va katalizator turiga qarab turli tuzilishli birikmalar: endoN-asetil-hosilalar, asetat-tuzlar va geterosiklizatsiya mahsulotlari hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor 2-metil-5-xlorbenzimidazol gidroxlorid va glifosat asosida olingan Mefosin gerbitsid kompozitsiyaning suvda eruvchan barqaror preparativ shakli amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etilgan;
sintez qilinishi qiyin bo‘lgan 6-aminoxinazolin-4-onni olish reaksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va uni arzon karbon kislotalar bilan atsillashning muqobil va samarali usuli taklif etilgan, hamda mahsulotlar unumiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
trisiklik xinazolon alkaloidlari va ularni almashingan hosilalarining turli aromatik aldegidlar bilan kondensatsiyalanishi kislotali katalizatorlar ishtirokida tizimli o‘rganilgan hamda reaksiyalarning faol metilen guruhlari ishtirokida borishi va Е-izomer shakldagi ariliden hosilalar hosil bo‘lishi aniqlangan, reaksiyalar borishiga va mahsulotlar unumiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan, reaksiyalar mexanizmi tavsiya etilgan;
alpek preparatining gel, kukun va tabletka shakllari, albendazolning 2.5%, 10% li barqaror suspenzion shakllari olingan hamda mazkur preparativ shakllarning fizik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Benzimidazol, xinolin, xinazolonlarning yangi hosilalarini sintez qilish, ularni tuzilishi, reaksion qobiliyati va biologik xossalarini aniqlash, faol substansiyalarning modifikatsiyalangan shakllarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
exinokokkozga qarshi vositani (Alpek) olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP06408, 2021 y.). Natijada tibbiyot uchun yuqori samarali antigelmint vosita yaratish imkonini bergan;
noselektiv Mefosin gerbitsid kompozitsiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP05934, 2019 y.). Natijada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan ekin maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi suvda oson eruvchan, kam zaharli va yuqori samarali gerbitsid kompozitsiya yaratish imkonini bergan;
antigelmint faollikka ega Alsus (2.5%; 10%) preparati suspenziyalariga, Asetamizol va Xinazol substansiyalariga “O‘zstandart agentligi standartlashtirish, Davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi” tomonidan texnikaviy shartlar (Alsus: Ts 03535440:028-2016; Asetamizol: Ts 03535440-32:2019; Xinazol: Ts 03535440-034:2019) tasdiqlangan. Natijada Alsus, Asetamizol va Xinazol preparatlarining yangi va iqtisodiy jihatdan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyasini amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” tomonidan Alsus preparatini ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi (Alsus: TI 03535440-028:2017), “O‘zbekiston Respublika Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarining sifati va muomalasini nazorat qilish Davlat bosh boshqarmasi” tomonidan Asetamizol va Xinazol substansiyalarini ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomalari (Asetamizol: TI 03535440-32:2018; Xinazol: TI 03535440-033:2019) tasdiqlangan. Natijada Alsus, Asetamizol va Xinazol substansiyalarining yuqori samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
O‘zR SSV huzuridagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK tomonidan Nitroksolin substansiyasiga VFS 42 Uz-3069-2017 va tabletka shakli uchun VFS 42 Uz-3070-2017 tasdiqlangan. Natijada Nitroksolin preparatining yangi va yuqori samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyasini amaliyotga joriy etish imkonini bergan.
2-amino-1H-benzimidazol-1-il)(fenil)metanonning RTT natijalari Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC 2049631). Natijada bazaga kiritilgan ma’lumotlardan o‘xshash yangi birikmalarning tuzilishini aniqlashda foydalanish imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.