Quronboyeva Moxinur Odilbek qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ficus carica va Morus multicaulis o‘simliklari polisaxaridlarining tuzilishi, ularning biologik faolliklari”, 02.00.10-Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2024.4.PhD/K891.

Ilmiy rаhbаr: kimyo fanlari nomzodi Jauinbayeva Klara Sagindikovna

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

Himoya 25.08.2025 yil soat 11.30 da bo'ladi.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: Kimyo fanlari doktori Normaxamatov Nodirali Saxobataliyevich; kimyo fanlari doktori Shomurotov Shavkat Abduganiyevich.

Yetаkchi tаshkilоt: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

O‘zbekiston hududida o‘suvchi Ficus carica va Morus multicaulis o‘simliklari barglaridan polisaxaridlarni ajratib olish, ularning xossalari, tuzilishi va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

ilk bor Ficus carica (GG-Fc) va Morus multicaulis (GG-Mm) o‘simliklari polisaxaridlari glyukogalaktanlardan tashkil topganligi aniqlangan. Ficus carica (GG-Fc) makromolekulasining asosiy zanjiri β-1→3 glikozid bog‘laridan tashkil topgan galaktoza qoldiqlaridan iborat bo‘lib, bir-birlaridan glyukoza qoldiqlarining bog‘lanishi bilan farq qilgan. GG-Fc tarkibidagi glyukoza qoldiqlari β-1→3, β-1→6, β-1→4 glikozid bog‘lari bilan bog‘langan glyukogalaktan bo‘lsa, GG-Mm makromolekulasi kam tarmoqlangan polisaxarid boʻlib, asosiy zanjiri α-1→3 galaktoza qoldig‘idan tashkil topgan. Yon zanjiridagi glyukoza qoldig‘i asosiy zanjirdagi galaktozaning C-4 atomiga birikkanligi bilan izohlangan;

Ficus carica va Morus multicaulis pektin moddalarini qisman kislotali gidroliz qilish natijasida, asosiy zanjiri α-1→4 galakturonandan tashkil topganligi, Morus multicaulis pektin moddasining asosiy zanjiri ramnogalakturonlardan iborat ekanligi aniqlangan;

Ficus carica oʻsimligidan ajratib olingan suvda eruvchan polisaxaridi yalligʻlanishga qarshi, Morus multicaulis o‘simligining suvda eruvchan polisaxaridi ΙΙ tip diabetga qarshi yuqori faollikni namoyon qilishi aniqlangan;

ilk bor Morus multicaulis oʻsimligidan ajratib olingan pektin moddasining atsetamizol substantsiyasi bilan suvda eruvchan kompleksini olishning muqobil sharoiti ishlab chiqilgan. Morus multicaulis o‘simligi pektin moddasining eterifikatsiyalanish darajasining pastligi, uning tarkibidagi erkin karboksil (COOH) guruhlari miqdori yuqori ekanligi aniqlangan va uning atsetamizol bilan ion bog‘ orqali kompleks hosil qilganligini IQ, SEM, EDS usullarida isbotlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

Ficus carica, Morus multicaulis o‘simligi bargidan ajratib olingan suvda eruvchan polisaxaridlari, pektin moddalari, ularning makromolekulasi tuzilishi va biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

2022-2024 yillarda O‘simlik moddalari kimyosi institutining Yuqori molekulali o‘simlik moddalari kimyosi laboratoriyasida olib borilgan fundamental tadqiqotlar doirasida Ficus carica barglaridan ajratib olingan suvda eruvchan polisaxarid makromolekulasi tuzilishi, fizik kimyoviy xossalari, hamda ularning yallig‘lanishga qarshi, analgetik (og‘riq qoldiruvchi) va antipiretik (isitmani pasaytiruvchi) faolliklari aniqlangan. Mazkur natijalar institutning bazaviy hisobotlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 27- dekabrdagi №4/1255-2911-son ma’lumotnomasi). Natijada polisaxaridlar asosida suvda eruvchan biologik faol qo‘shimcha (BFQ) yoki yallig‘lanishga qarshi tabiiy dori vositasi yaratish imkoniyatini beradi;

Morus multicaulis o‘simligi bargidan ajratib olingan suvda eruvchan polisaxaridlar II tip qandli diabetga qarshi (gipoglikemik) faollik namoyon qilganligi aniqlangan. Bu natijalar institutning Yuqori molekulali o‘simlik moddalari kimyosi laboratoriyasida 2022–2024 yillarda olib borilgan fundamental tadqiqotlar doirasida o‘rganilgan va bazaviy ilmiy hisobotlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining  2024-yil 18-dekabrdagi №4/1255-2807-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar kelgusida suvda eruvchan biologik faol qo‘shimcha (BFQ) yoki tabiiy antidiabetik vositasi yaratish imkoniyatini beradi;

Morus multicaulis pеktin moddasining atsetamizol substansiyasi bilan kompleksining gelmintlarga qarshi faolligi qo‘ylarda sinab ko‘rilgan va olingan ijobiy natijalar O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (2025-yil 15-yanvar, №109/02-23 –son ma’lumotnoma). Natijada gelmintlarga qarshi yuqori samarali suvda oson eruvchan antigelmint kompleksni olish va amaliyotda qo‘llash imkoni yaratilgan.