Eshbakova Komila Alibekovnaning DSc himoyasi haqida e'lon!
- Bosh sahifa
- Eshbakova Komila Alibekovnaning DSc himoyasi haqida e'lon!
Eshbakova Komila Alibekovnaning
Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasiga kiritilgan hamda impakt faktori tegishli ravishda yuqori boʻlgan, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar asosida dissertasiya himoyasisiz kimyo fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan Taqdimnomasining muhokamasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Taqdimnoma mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Tanlangan dorivor oʻsimliklarning ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo.
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2018.2.DSc/K53.
Ilmiy tadqiqot bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Himoya 27.03.2025 yil soat 10.00 da bo'ladi.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Burasheva Gauhar Shaxmanovna; kimyo fanlari doktori, professor Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich, kimyo fanlari doktori, professor Gafurov Maxmudjon Boqiyevich
Ilmiy tadqiqot yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Ferula samarkandica, Ferula lapidosa, Dracocephalum komarovi, Artemisia argy, Nardostachys jatamansi, Scutellaria schachristanica, Aconitum septentrionale, Rumex dentatus, Rumex nepalensis, Nardostachys jatamansi, Inula macrophylla, Pulicaria salviifolia, Pulicaria gnaphalodes, Dictamnus dasycarpus, Phellodendron amurense Rupr oʻsimliklarining terpenoid va fenol moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
Sistematik jihatdan 7 ta oilaga mansub, 14 tur oʻsimliklarning ikkilamchi metabolitlari tadqiq qilingan. Glikozidli kumarinlar, terpenoidlar va fenol moddalarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda 1H va 13C YaMR, 2D spektroskopiya ma'lumotlarini, massa spektrometriya natijalarini tizimli tahlil qilish yordamida ularning tuzilishini oʻrnatishga uslubiy yondashuv taklif etilgan.
Birinchi marotaba Rumex dentatus va Rumex nepalensis oʻsimliklarining kimyoviy tarkibi oʻrganilgan va ularning tarkibidan 11 ta yangi fenol birikmalari, 1 ta oldin tabiiy holda ajratilmagan modda va ushbu oʻsimliklardan birinchi marta 25 ta fenol birikmalar ajratib olingan va ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan. Rumex nepalensis oʻsimligi ildizidagi antraxinonlarning miqdoriy tahlili amalga oshirilgan;
Lamiaceae oilasiga mansub Scutellaria schachristanica oʻsimligidan 1 ta yangi xrizin- 7-O-[α-L-arabinopiranozil(1→6)]-β-D—glyukopiranozid ajratib olingan va noyob oʻsimlik Dracocephalum komarovi oʻsimligidan 3 ta yangi va birinchi marta 1 ta maʼlum monoterpen glikozidi ajratib olingan;
Aconitum septentrionale oʻsimligidan yangi fitosteroid 24S-ergost-4-en-3,6-dion ajratib olingan va uning kristall tuzilishi natijalari Kembridj kristallografik maʼlumotlar bazasiga kiritilgan va unga depozit raqami (CCDC 791025) olingan;
Asteraceae oilasidan Artemisia argyi va Inula macrophylla oʻsimliklarining tarkibidan 8 ta flavonoid ajratilgan, jumladan, 1 ta yangi dimer seskviterpen lakton va 1 ta yangi eremofilan moddasi, 2 ta modda oʻsimlikdan birinchi marta, hamda 9 ta maʼlum seskviterpenlar ajratib olingan.
Ferula samarkandica oʼsimligidan ajratilgan seskviterpen kumarinlari uchun 1H YaMR 2D ikkiyoqlama rezonans ma’lumotlari tahlilidan foydalanib, ularning kimyoviy tuzilishini o'rnatish usuli taklif etildi va 9 ta yangi va birinchi marta 30 ta maʼlum seskviterpen kumarinlarning kimyoviy tuzilishi aniqlandi;
Birinchi marta Ferula lapidosa oʻsimligidan yangi brom saqlovchi glikozidli iridoid, shuningdek, birinchi marta 7 ta maʼlum glikozidli iridoidlar va 3 ta seskviterpen laktonlar ajratib olingan.
Dictamnus dasycarpus va Phellodendron amurense o'simliklaridan ajratib olingan, limonoidlar qatoriga kiruvchi, tetratsiklik triterpenoid obacunonning oshqozon osti bezi saratonini davolashda anti-PD-1 bilan birgalikda immunoterapiyasining ta'sirini oshirishi aniqlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining asosiy tatbiqi olingan natijalarga, Scopis ilmiy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan 544 dan ortiq mazkur sinf birikmalarini tuzilishi va biologik faolligini aniqlashdagi tadqiqotlarda, shuningdek sharh maqolalarda iqtibos keltirish orqali joriy qilingan:
Ferula samarkandica oʻsimligining kimyoviy tarkibiga oid natijalardan yuqori impakt faktorli (IF, ResearchGate) 16 tadan ortiq ilmiy jurnallarda (Journal of Neuroinflammation, 2023, Vol. 20, Article №203, IF 9.3; International Journal of Biological Macromolecules, 2024, Vol. 269, Part 2, 132168, IF 7.7; Chinese Medicine, 2022, Article №83, IF 4.7; Phytochemistry, 2023, Vol. 210, 113664, IF 4.04; Antioxidants, 2024, 13 (7), IF 7.675; Translational cancer research, 2023, 12(4): 743–764, IF 1.5 va b.) foydalanilgan. Natijada soha mutaxassislari mazkur oʻsimlik tarkibiga kiruvchi tabiiy birikmalar, ularning miqdori va tuzilishi haqida muhim maʼlumotlarga ega boʻlishgan;
Dracocephalum komarovi dan ajratilgan yangi monoterpen glyukozidlari va ularning yalligʻlanishga qarshi faolligi haqidagi maʼlumotlardan yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda (Molecules, 2023, 28(11), 4402; IF.4.2; Biochemical Systematics and Ecology, 20222, Vol. 102, 104422, IF.1.4; Natural Product Research, 2023, Vol. 37, Issue 13, IF 3.5; Aquaculture Research, 2022, Article №15829, IF 2.0) foydalanilgan. Natijada mazkur maʼlumotlar oʻsimlikdan ajratib olingan moddalarning tuzilishini isbotlash va biologik faolligini aniqlash imkonini bergan.
Aconitum septentrionalea Koelle oʻsimligidan ajratib olingan 24S-ergost-4-en-3,6-dionning kristaldagi tuzilishi va spektr maʼlumotlari yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda (RSC advances (Review Article), 2019, 9, 10184-10194, IF 3.9; Journal of Enzyme Inhibition and Medicinal Chemistry, 2016, Vol. 31, Issue 4, 640-644, IF 5.6; Chemistry and biodiversity, 2023, Vol. 20, Issue 8, e202300161, IF 2.745) foydalanilgan. Natijada mazkur dionning kimyoviy tuzilishi haqida toʻliq maʼlumotlar olishga muvaffaq boʼlingan;
Aconitum septentrionalea Koelle oʻsimligidan ajratilgan 24S-ergost-4-en-3,6-dionning va Inula macrophylla oʻsimligidan olingan macrophyllidimer D moddasining rentgen tuzilish tahlili natijalari xalqaro Kembridj markaziy kristallografik maʼlumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC 791025, 2300333). Natijada bazaga kiritilgan yangi moddalar oʻxshash tabiiy birikmalar tuzilishini tavsiflash imkonini bergan.
1. Jing-Juan Li, Xin-Xin Wang, Yuan-Meng Li, Na Li, Hong-Tao Zhu, Komila Alibekovna Eshbakova, Ying-Jun Zhang. Phenolic constituents with potent α-glucosidase inhibitory and cytotoxic activities from Rumex nepalensis var. Remotiflorus. Phytochemistry, 223, 2024, 114122. https://doi.org/10.1016/j.phytochem.2024.114122 (SCOPUS) Impact factor: 3.2
2. Rui Ma, В. R., Komilov, B., Wang, C.-B., Wei Ha, W., Shi, Y.-P. Sesquiterpenes from Inula macrophylla and their anti-neuroinflammatory activity. Phytochemistry Letters, 2024, 60, p. 257–263 (SCOPUS) Impact factor: 1.3
3. Jing-Juan Li, Hong-Tao Zhu, Komila Alibekovna Eshbakova, Man Zhang, Dong Wang, Ying-Jun Zhang, Four new phenolic constituents from the roots of Rumex dentatus L. Fitoterapia, 170 (2023) 105657 (SCOPUS) Impact factor: 3.75
4. Jia Liu, Wei Ha, Eshbakova Komila Alibekovna, Rui Maa, Yan-Ping Shi Ruptured organosilica nanocapsules immobilized acetylcholinesterase coupled with MnO2 nano-zyme for screening inhibitors from Inula macrophylla. Nanoscale, 2023, 15, 17464. (SCOPUS) Impact factor: 8.307
5. Chun-Yan Sang, Yi-Dan Zheng, Li-Mei Ma, Kai Wang, Cheng-Bo Wang, Tian Chai, Komila A. Eshbakova and Jun-Li Yang. Potential Anti-Tumor Activity of Nardoguaianone L Isolated from Nardostachys jatamansi DC. in SW1990 Cells. Molecules, 27, 7490 (2022). Impact factor: 4.709
6. Khamidulla Kamoldinov, Jun Li, Komila Eshbakova, Shamansur Sagdullaev , Gaoya Xu, Yubo Zhou, Jia Li,, Haji Akber Aisa. Sesquiterpene coumarins from Ferula samarkandica Korovin and their bioactivity. Phytochemistry 187 (2021) 112705. Impact factor: 3.93
7. Sarvinoz I. Rustamova, Nargiza A. Tsiferova, Ozoda J. Khamidova, Ranokhon Sh. Kurbannazarova, Petr G. Merzlyak, Zainab A. Khushbaktova, Vladimir N. Syrov, Erkin Kh. Botirov, Kamila A. Eshbakova, Ravshan Z. Sabirov, Effect of plant flavonoids on the volume regulation of rat thymocytes under hypoosmotic stress//Pharmacological Reports. 71 (2019) 1079–1087. Impact factor: 2.754
8. Zokir O. Toshmatov, Jun Li, Komila A. Eshbakova, Dan Tang, Xuelei Xin, Haji Akber Aisa, New monoterpene glucosides from Dracocephalum komarovi and their antiinflammatory activity. Phytochemistry Letters 33 (2019) 102–105. Impact factor: 1.459
9. F. A. Melikuziev, Ablajan Turak, Komila Eshbakova, H. A. Aisa. Flavonoids of Artemisia argy, Pharmaceutical Chemistry Journal, Vol. 56, No. 5, August, 2022 P.654-656. DOI:10.1007/s11094-022-02690-3. Impact factor: 1.063
10. Z. O. Tashmatov, K. A. Eshbakova, and Kh. M. Bobakulov. A new flavone glycoside from the aerial part of Scutellaria schachristanica//Chemistry of Natural Compounds, No 4, P. 547, 2011. Impact factor: 1.029
11. K. A. Eshbakova, B. Tashkhodzhaev, J. I. Tursunov, K.K.Turgunov, Kh.M. Bobakulov, N.D. Abdullaev. Structure of new steroid 24S-ergoste-4-ene-3,6-dione from Aconitum septentrionale, // Chemistry of Natural Compounds. No 1, P. 66, 2011. Impact factor: 1.029
12. Xin-Xin Li, Kholida Ibodullaevna Khasanova, Jia-Huan Shang, Anarbay Uraimovich Babekov, Wen-Jun Li, Jing-Juan Li, Hong-Tao Zhu, Komila Alibekovna Eshbakova, Ying-Jun Zhang, Ferlapioside: A new bromine substituted iridoid glycoside from the roots of Ferula lapidosa Korovin, Natural Product Research, DOI : 10.1080/14786419.2024.2432613. Once your article has published online, it will be available at the following permanent link: https://doi.org/10.1080/14786419.2024.2432613.2024 (SCOPUS) Impact factor: 1.9
13. Chun-Yan Sang, Jia-Rong Liu, Yi-Dan Zheng, Tian Chai, Jiao-Tai Shi, Mohammad Reza Naghavi, Komila Eshbakova Alibekovna, Boymirzaev Azamat Solievich, Jun-Li Yang. Obacunone potentiated PD-1 immunotherapy in pancreatic cancer by mediating CD36. European Journal of Pharmacology 994, 2025, 177367. https://doi.org/10.1016/j.ejphar.2025.177367, (SCOPUS) Impact factor: 4.2
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.