Saidova Gavhar Erkinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Saidova Gavhar Erkinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Saidova Gavhar Erkinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Sweetlife–I, Sweetlife–II va Kappaspin substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2025.2.PhD/T3570.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, akademik Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
Himoya 22.08.2025 yil soat 11.00 da bo'ladi.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Raxmanberdiyeva Rano Kаrimovnа, texnika fanlari falsafa doktori PhD, katta ilmiy xodim Maxmudov Sardor Djalilovich.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Respublikamiz hududlarida madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni oʻsimligi yer ustki qismidan yuqori tozalikdagi shakar oʻrnini bosuvchi mahalliy shirinlantiruvchi vositalari substansiyalarini ajratib olish hamda Capparis spinosa L. oʻsimligi gʻunchalari va yetilmagan mevalaridan keng qamrovli stimulyatorlik xususiyatiga ega boʻlgan Kappaspin substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
- Respublikamizning turli hududlarida madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni oʻsimligi er ustki qismi namunalari sifat va miqdor jihatidan tahlil qilinib barcha namunalar oʻrtacha massasiga nisbatan 15-20% miqdorida diterpen glikozidlarini saqlashi, shakar oʻrnini bosuvchi tabiiy shirinlatgichlar – Sweetlife-I, Sweetlife-II substansiyalarini ishlab chiqarishga iqtisodiy samarador xomashyo ekanligi oʻrganib chiqilgan;
- ilk bor Respublikamizda madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni oʻsimligi er ustki qismidan diterpen glikozidlarini xomashyoni etil spirtining suvli eritmasi (75-85%) yordamida ekstraksiya qilish va suyuqlik-suyuqlik tozalash usuli yordamida ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
- madaniylashtirilgan Stevia rebaudiana Bertoni oʻsimligi er ustki qismidan diterpen glikozidlarini ajratib olish uchun ishlab chiqilgan texnologiya ikkita yangi mahsulot – Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgichlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
- ilk bor Capparis spinosa L. oʻsimligi gʻunchalari va etilmagan mevalaridan xomashyoni oldindan etil spirti yordamida yot moddalardan tozalash soʻngra suv bilan ekstraksiya qilish, choʻktirish yordamida Kappaspin substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
- oʻsimlik xomashyolaridan Sweetlife-I, Sweetlife-II, Kappaspin substansiyalarini ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlarini oʻrganish natijasida ularning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan, ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich nazorati ishlab chiqilib oʻsimlik xomashyolaridan tayyor mahsulotlarning oʻsimlikdagi saqlanishiga nisbatan chiqish unumini oshirishga erishilgan (Sweetlife-I, Sweetlife-II 88%, Kappaspin 70-72 %);
- Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasida yaratilgan ishlab chiqarish texnologiyalari asosida xomashyolaridan Sweetlife-I, Sweetlife-II, Kappaspin substansiyalarini yarim sanoat ishlab chiqarish qurilmasi yaratilgan. Qurilmalar yordamida yaratilgan ishlab chiqarish texnologiyalari qayta koʻrib chiqilgan. Shakarga nisbatan shirinliligini aniqlash, farmako-toksikologik xususiyatlarini oʻrganish, barcha zarur boʻlgan me'yoriy-texnik xujjatlarni ishlab chiqish uchun substansiyalarni bir necha ilk namunalari ishlab chiqarilgan;
- Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgichlari substansiyalari va Kappaspin biologik faol qoʻshimchasi substansiyasi uchun texnik shartlar va texnologik yoʻriqnomalar ishlab chiqilib “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tasdigʻidan oʻtkazilgan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Sweetlife-I, Sweetlife-II tabiiy shirinlatgich substansiyalari va Kappaspin biologik faol qoʻshimchasi substansiyasini rasional texnologiyalarini yaratish boʻyicha olingan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
«Sweetlife-I» ozuqaga qoʻshimcha uchun Ts 03535440-041:2022 tashkilot standarti va TI-03535440-041:2021 texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqilib, “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tomonidan tasdiqlangan;
Tabiiy shirinlatgich «Sweetlife-II» uchun Ts 03535440-042:2021 tashkilot standarti “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” tomonidan tasdiqlangan, natijada tayyor mahsulotni standartlash imkonini bergan;
Keng qamrovli stimulyatorlik xususiyatiga ega boʻlgan «Kappaspin» biologik faol qoʻshimchasi substansiyasi uchun Ts 03535440-044:2022 tashkilot standarti va TI-03535440-049:2022 texnologik yoʻriqnoma yuqori tashkilot tomonidan tasdiqdan oʻtkazilgan. Natijada Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida yaratilgan qurilmada ushbu substansiyalarni amaliyotga tadbiq qilish imkoniyati yaratilgan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.