Toshmurodov Turdibek Tursunmuratovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Toshmurodov Turdibek Tursunmuratovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «5-Amino-1,3,4-tiadiazol-2-tion hosilalari sintezi va kimyoviy oʻzgarishlari», 02.00.03- Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K209
Ilmiy rahbar: Ziyayev Abduxakim Anvarovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori Xodjaniyazov Xamid Oʻtkurovich va kimyo fanlari doktori Xoliqov Tursunali Suyunovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-amino-1,3,4-tiadiazol-2-tionni yangi hosilalarini sintez qilish, ularning kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish hamda fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor 5-amino-1,3,4-tiadiazol-2-tionni turli elektrofil agentlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi tizimli ravishda tadqiq qilingan va reaksiyalar borishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlangan;
5-amino-1,3,4-tiadiazol-2-tionni alkilgalogenidlar bilan selektiv alkillash amalga oshirilgan va faqat S-alkil mahsulotlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor molekulasida tiazolidin-4-on, 3-feniltiazolidin-4-on va 3,4-difeniltiazol-2(3H)-imin fragmentlarini saqlovchi 1,3,4-tiadiazol-2-tionning istiqbolli yangi bitsiklik hosilalari sintez qilingan;
ilk bor 2-butiltio-1,3,4-tiadiazol-5-feniltiomochevinaning malon kislotasi bilan ta’siridan yangi annelirlangan 1,3,4-tiadiazolopirimidin hosil bo‘lishi aniqlangan va reaksiyaning taxminiy mexanizmi tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-Amino-1,3,4-tiadiazol-2-tion hosilalari sintezi va ularning keyingi modifikatsiyalarining samarali usullarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-etiltio-5-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-propiltio-5-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-butiltio-5-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-amiltio-5-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-geksiltio-5-amino-1,3,4-tiadiazol va propil-, izobutil-(5-(benziltio)-1,3,4-tiadiazol-2-il)karbamatlarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, CCDC, 1476419, 1476420, 1515377, 1515378, 1984013, 1984018, 1984019, 1984021, 2118098, 2118099, 2206065, 2206066). Natijada bu ma’lumotlar o‘xshash geterotsiklik moddalarning tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
5-amino-1,3,4-tiadiazol-2-tionning sintez qilingan bir qator yangi hosilalari 2017-2020 yillar davomida bajarilgan FA-F-6-009 raqamli: «Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalarining sitotoksik, antibakterial, zamburug‘larga qarshi va antioksidant faolligini o‘rganish» ilmiy loyihasida moddalarning mikroblarga qarshi faolligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 28 oktyabrdagi № 4/1255-2975-son malumotnomasi). Natijada o‘rganilgan moddalar orasidan grammusbat - Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis bakteriyalariga nisbatan ingibitorlik ta’sirga ega 1,3,4-tiadiazollarni aniqlash imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.