Alimujiang Abulizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Alimujiang Abulizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Alimujiang Abulizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Rosa rugosa barglaridan flavonoidlar saqlagan quruq ekstrakt, uning tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini yaratish va biologik faolliklarini baholash”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2024.3.PhD/Т4824.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, akademik Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich.
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, prfessor Sagdullaev Baxodir Taxirovich; kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim Asilbekova Daniya Tolimbekovna.
Yetаkchi tаshkilоt: O‘zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Rosa rugosa barglaridan kversetin-3-O-soforosid va kemferol-3-O-soforozid flavonoidlarini saqlagan quruq ekstrakt, uning tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini ishlab chiqish va biologik faolliklarini baholashdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
ilk bor bir omilli tajribalar va matematik rejalashtirish usulidan foydalangan holda optimallashtirish asosida R. rugosa barglaridan kversetin-3-O-soforosid va kemferol-3-O-soforozid flavonoidlarini ajratib olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
birinchi martda tayyor mahsulotni sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi uglevodlardan R. rugosa barglaridan olingan spirt-suvli ekstraktni adsorbsion qatronlar yordamida tozalash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor R. rugosa barglaridan antioksidant, tinchlantiruvchi va suyak zichligini oshiruvchi ta’sirlarga ega quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
R. rugosa quruq ekstraktining texnologik xossalarini aniqlash natijasida qobiqlangan tabletka shaklidagi BFQ tarkibi tanlangan va maqbul texnologiya ishlab chiqilgan;
R. rugosa quruq ekstrakti va uning asosidagi qobiqlangan tabletkaning sifat va miqdor ko‘rsatgichlari aniqlanib, zarur me’yoriy-texnik hujjatlar tasdiqlangan;
R. rugosa quruq ekstraktining antioksidant, tinchlantiruvchi va suyak zichligini oshiruvchi ta’sirilari isbotlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Rosa rugosa barglaridan flavonoidlar saqlagan quruq ekstrakt, uning tayyor dori shaklini olish texnologiyalarini ishlab chiqish va biologik faolliklarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Rosa rugosa barglari quruq ekstrakti» nomli TI 03535440-063:2024 texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining «GMP rusumidagi Ilmiy-texnologik markazi»da R. rugosa quruq ekstraktini, «China-Uzbekistan medicine technical park» ma’suliyati cheklangan jamiyatining GMP ishlab chiqarish tizimida uning qobiqlangan tabletkalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
dissertatsiya tadqiqot ma’lumotlari Xitoyning № 2023803001-1 raqamli «Etnik guruhlar uchun kimyoviy standart moddalarini yaratish va keng miqyosda ishlab chiqarish uchun asosiy texnologiyalarni ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shinjon etnomeditsina muhandislik markazining 15.10.2024yildagi ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlarni adsorbsion qatronlarda samarali tozalash istiqbolli ekanligi aniqlangan.
Ilmiy kengash raisi: Elmurodov B.J.
Ilmiy kengash ilmiy kotibi: Xidirova N.K.
Ilmiy rahbar: Sagdullayev Sh.Sh.
Talabgor: Alimujiang Abulizi
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.