Naubeyev Temirbek Xasetullayevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon
- Bosh sahifa
- Naubeyev Temirbek Xasetullayevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon
Naubeyev Temirbek Xasetullayevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon!
Himoya 10-sentabr 2024 yil bo'ladi.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Astragalus turkumi hamda Epilobium hirsutum L. oʻsimliklarining ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolligi”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo.
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2023.4.DSc/K78
Ilmiy maslahatchi: Ramazonov Nurmurod Sheraliyevich kimyo fаnlаri dоktоri, professor
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti va Qoraqalpoq davlat universiteti
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori (DSc), professor Gafurov Maxmudjan Bakiyevich; farmatsevtika fanlari doktori (DSc), professor Dusmatov Aziz Fayzamatovich; kimyo fanlari doktori (DSc) Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich.
Yetаkchi tаshkilоt: Oʻzbekiston Milliy universiteti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi. О‘zbekiston hududida о‘suvchi Astragalus va Epilobium turkumlariga mansub 7 tur о‘simliklarning ikkilamchi metabolitlarini ajratib olish, kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash hamda ular asosida samarali dori vositalarini yaratish maqsadida biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
Astragalus turkumi о‘simligining 4 ta turidan jami 27 ta birikma, shulardan 22 ta sikloartan moddalari individual holda ajratib olingan, ularning kimyoviy tuzilishlari fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
Astragalus turkumi о‘simligining 2 ta turidan: Astragalus flexus Fisch va Astragalus chivensis Bunge о‘simliklaridan ajratib olingan sikloartanlar yig‘indisi yurak faoliyatini yaxshilovchi faollikni namoyon qilishi aniqlangan hamda “Oldenkor” va “Kardioartan” nomli biologik faol qо‘shimchalarga tashkilot standartlari (Ts 03535440-043:2021, 27.07.2021), texnologik yо‘riqnomalar (TI 03535440-043:2022, 08.06.2022) ishlab chiqilib, О‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan;
Astragalus mucidus Bunge о‘simlik turidan 5 ta adabiyotlarda ma’lum bо‘lmagan yangi birikmalar ajratilgan hamda sikloassidozid A ni kislotali gidroliz qilish natijasida oldindan ma’lum bо‘lmagan 1 ta yangi birikma olingan va tuzilishi isbotlangan;
Astragalus lehmannianus Bunge о‘simlik turidan 6 ta sikloartan qatori triterpenoidlari individual ajratib olingan bо‘lib, ularning 2 tasi adabiyotlarda ma’lum bо‘lmagan tabiiy yangi birikmalar ekanligi aniqlangan;
Astragalus lastiostula Bunge о‘simlik turidan 7 ta sikloartan glikozidlari individual holda ajratib olingan bо‘lib, ularning 1 tasi adabiyotlarda ma’lum bо‘lmagan yangi tabiiy birikma ekanligi isbotlangan;
Astragalus oldenburgii B. Fedtsch о‘simligidan 6 ta sikloartan qatori birikmalari ajratib olinib, ularning tuzilishlari aniqlangan;
Yuqorida keltirilgan о‘simlik turlaridan birinchi marta ajratib olingan jami 18 ta ma’lum birikmalarning tuzilishlari identifikatsiya qilingan;
farmakologik tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, A. chivensis va A. flexus о‘simliklarining yer ustki qismi sikloartan glikozidlari yig‘indisi kardioprotektor ta’siriga ega, Epilobium hirsutum L. о‘simligining yer ustki qismi metanolli ekstrakti esa og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, yalig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Astragalus turkumi hamda Epilobium hirsutum L. о‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq etish bо‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Astragalus turkumi о‘simligining 2 turi: Astragalus chivensis Bunge va Astragalus flexus Fisch о‘simliklaridan olingan sikloartanlar yig‘indisi asosida kardioprotektor faollikka ega biologik faol qо‘shimchalar (BFQ) “Kardioartan” va “Oldenkor” ni ishlab chiqarish tashkilot standarti (Ts 03535440-043:2021, 27.07.2021) va texnologik yо‘riqnomasi (TI 03535440-043:2022, 08.06.2022) ishlab chiqilgan hamda О‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan; natijada mahaliy xom ashyo asosida kardioprotektor ta’sirga ega BFQ ishlab chiqish imkonini bergan;
«Og‘riq qoldiruvchi, isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi faolligi bо‘lgan vosita» olish uchun О‘zR IMA dan ixtiroga patent olingan (№ IAP 14270, 30.05.2024 y.). Natijada mahalliy xom ashyodan dori vositasi yaratish imkoni paydo bо‘lgan;
Astragalus turkumi о‘simliklarning sikloartan birikmalarini tadqiq qilish bо‘yicha olingan ilmiy natijalar yuqori impakt faktorga ega nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan 50 dan ortiq ilmiy maqolalarda о‘rganilayotgan birikmalarni tahlil qilish va xulosalarni solishtirib, kerakli ilmiy ma’lumotlarni olishda foydalanilgan (Nat. Prod. Rep., 2015, V. 37. IF-2.48; Phytochemistry Let., V. 15, IF-2.01; Phytochemistry Rev., 2018, V. 17, IF-4.25; Curr. Top. Med. Chem., 2017, V. 17, IF-2.79; Molecules, 2014, V. 19, IF-4.67; Zeitschrift für Naturfor. B., 2020, V.75, IF-1.01; Chem. Nat. Comp., 2021, V. 57, IF-0.79 va hakoza). Natijada turli о‘simliklardan ajratib olingan sikloartan birikmalarning tuzilishini va biologik xossalarini isbotlash imkonini bergan.
“Astragalus turkumi о‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolliklari” monografiyasi Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» hamda «Dorivor о‘simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi» kafedralarida, Nukus davlat pedagogika instituti «Kimyo о‘qitish metodikasi» kafedrasida va Qoraqalpog‘iston qishloq xо‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor о‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasida о‘quv jarayonlari hamda diplom va kurs ishlarini tayyorlashda qо‘llanilib kelinmoqda (О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi 21 noyabr 2023 yildagi № 1159 son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavr yо‘nalishining bitiruv kvalifikatsion hamda magistr mutaxassisligi va tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishlarini tayyorlashda kerakli ilmiy ma’lumot olish imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.