Ro‘zibayeva Rayxon Matnazarovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklarining alkaloidlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2023.2.PhD/К640

Ilmiy rаhbаr: Мukarramov Nuridin Isomidinovich

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti,

DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori Normaxamatov Nodirali Saxobataliyevich, kimyo fanlari doktori, professor Matchanov Alimjon Davlatboyevich.

Yetаkchi tаshkilоt: M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklarining yer ustki qismi tarkibidan pirrolizidin alkaloidlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini, hamda biologik faolliklarini tadqiq qilishdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekistonda o‘suvchi Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simlik turlaridan 12 ta pirrolizidin alkaloidlari, 1 ta izoxinolin alkaloidi va 2 ta netsik kislota ajratib olingan, ularning tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;

Rindera oblongifolia o‘simligidan 2 ta yangi, ushbu o‘simlikdan birinchi marta 5 ta ma’lum pirrolizidin alkaloidlari, hamda 1 ta netsik kislota ajratilgan;

Rindera oblongifolia o‘simligidan ajratilgan rinderidin va oblongifolidin - yangi pirrolizidin alkaloidlari bilan birga 4 ta ma’lum pirrolizidin alkaloidlarining tuzilishi fizik-tadqiqot usullar (IQ-, YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) yordamida aniqlangan, hamda absolyut konfiguratsiyalari to‘liq o‘rnatilgan, shuningdek, xiral markazlari aniqlangan;

Lindelofia macrostyla o‘simligidan 1 ta yangi pirrolizidin alkaloidi, 1 ta yangi netsik kislota va ushbu o‘simlikdan birinchi marta 2 ta ma’um alkaloidlar ajratilgan;

Lindelofia macrostyla o‘simligidan ajratilgan yangi N-oksid lindelofamin alkaloidining tuzilishi YaMR spektroskopiya yordamida isbotlangan, yangi ((E)-2-gidroksi-2-izopropil-3-((2-metilbut-2-yenoil)oksi)-butan kislotaning va 2 ta ma’lum alkaloidning tuzilishi fizik-tadqiqot usullari (IQ-, YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) yordamida aniqlangan, hamda absolyut konfiguratsiyalari to‘liq o‘rnatilgan, xiral markazlari aniqlangan;

 

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklaridan pirrolizidin alkaloidlarini ajratish, birikmalarning kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:

         Rindera oblongifolia o‘simligidan ajratib olingan N-oksid traxelantamin, rinderidin, oblongifolidin va atsetonli qismi, xloroformli alkaloidlar yig‘indisi, shuningdek Lindelofia macrostyla o‘simligidan ajratilgan spirtli ekstrakt, xloroformli, etilatsetatli, n-butanolli, suvli qismlarining biologik faolliklaridan “Qizil kitobga kiritilgan va tarqalish areali chegaralangan dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi bazaviy-fundamental tadqiqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 2024 yil 8 yanvardagi №4/1255-23-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklardan ajratib olingan pirrolizidin alkaloidlari va alkaloidlar yig‘indisi orasidan insektitsidlar izlash istiqbolli ekanligini aniqlangan;

         rinderidin, oblongifolidin, lindelofin, N-oksid traxelantamin, trixodesmin,

N-oksid trixodesmin, O-metilarmepavin metil yodid, 1-ekzo karboksipirrolizidin alkaloidlari va ((E)-2-gidroksi-2-izopropil-3-((2-metilbut-2-yenoil)oksi)butan kislotaning RTT natijalari Kembridj Markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https:/www.ccdc.cam.ac.uk/ structures, CCDC 2111256; 2111257; 2111258; 2111259; 2332411; 2332410; 2279213; 2279214 va 2279215). Natijada, bazaga kiritilgan yangi ma’lumotlar o‘xshash alkaloidlarning tuzilishini to‘liq tavsiflashda soha olimlariga foydalanish imkonini bergan.

         Rindera oblongifolia o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan rinderidin, oblongifolidin, exinatin, lindelofin, N-oksid traxelantamin alkaloidlarining spektr ma’lumotlari yuqori reytingli Scopus bazasiga kiritilgan xorijiy ilmiy nashrlarda foydalanilgan (Food Chemistry, 2024, V.445(25), P.138748, IF 8.5; Pharmaceutical Sciences, 2024, V.30(3), P.312, IF 1.4). Tadqiqot natijalari tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlash imkonini beradi.