Mamarozikov Umidjon Baxtiyorovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Haplophyllum perforatum Juss., Juglans regia L. va ailanthus altissima Мill o‘simliklari ekstraktlari asosida o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqish”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: B2024.2.PhD/K82

Ilmiy rаhbаr: Xidirova Nazira Kudratovna

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti,

DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

 Rasmiy opponentlar: Kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim Nishanbayev Sabir Zaripbayevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Maulyanov Solixjon Alimjanovich.

Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.

 Haplophyllum perforatum o‘simligining yer ustki qismi, Juglans regia va Ailanthus altissima o‘simliklari barglarining quruq ekstraktlari kimyoviy tarkibini tadqiq qilish hamda ular asosida “yashil pestitsidlar” yaratishdan iborat.

III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:

Haplophyllum perforatum, Juglans regia va Ailanthus altissima o‘simliklari ekstraktlarini olishning muqobil sharoitlari topilgan hamda ularning kimyoviy tarkibi GX/MS, YuSSX usullarida aniqlangan, natijada 90 ta modda identifikatsiya qilingan, shulardan 63 tasi bu o‘simliklarda birinchi bor aniqlangan, 12 ta modda individual holda ajratib olingan, ularning tuzilishlari fizik-kimyoviy usullarda isbotlangan;

Juglans regia va Ailanthus altissima o‘simligi barglaridan ajratib olingan quruq ekstraktlar tarkibi GX/MS usulida o‘rganilgan, mos ravishda 27 ta hamda 23 ta modda identifikatsiya qilingan, ulardan 23 va 13 tasi bu o‘simliklar tarkibida birinchi marotaba aniqlangan;

Haplophyllum perforatum o‘simligining yer ustki qismi quruq ekstrakti olish usulining maqbul sharoitlari (maydalik darajasi, harorat, davomiylik, gidromodul) tadqiq qilingan va uning qulay sharoitlari xomashyoni 2-4 mm o‘lchamda maydalash, 35˚C, 3 marotaba, 1:8 gidromodulda, 6 soat davomida etil spirti bilan ekstraktsiya qilish ekanligi aniqlangan;

birinchi marotaba standartlashtirilgan  Haplophyllum perforatum L. o‘simligining yer ustki qismi ekstarakti asosida  shartli ravishda “Xaplosid” deb nomlangan  insektitsid vosita yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan himoyalangan;

Juglans regia o‘simligidan olingan ekstraktlar ekstragent sifatida ishlatilgan etil spirtining konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda gerbitsidlik hamda insektitsidlik faolliklarni namoyon qilishi aniqlangan, bu ular tarkibidagi yuglon va naftalinning miqdori bilan tushuntirilgan, natijada 40%-li spirtda olingan quruq ekstraktning 1%-li suvli emulsiyasi bir yillik begona o‘tlarga qarshi qo‘llash uchun biogerbitsid vosita sifatida tavsiya qilingan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

 Haplophyllum perforatum Juss., Juglans regia L. va Ailanthus altissima Mill. o‘simliklari ekstraktlari asosida o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:

Haplophyllum perforatum o‘simligining yer ustki qismi ekstraktidan mahalliy o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06610. 2021 y.). Natijada yangi mahalliy o‘simlik ekstraktlari asosida ekologik toza, samarali bioinsektitsid yaratish imkonini bergan;

Juglans regia o‘simligi barglaridan ajratib olingan etanolli ekstraktning suvli emulsiyasi asosida bir yillik begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlik faollikka ega vosita uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06871. 2022 y.). Natijada yangi mahalliy o‘simlik ekstraktlari asosida yangi, samarali biogerbitsid yaratish imkonini bergan;

Haplophyllum perforatum o‘simligining yer ustki qismi quruq ekstrakti- “Xaplotsid”ning 1%-li suvli emulsiyasi uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan  va tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan(Ts 05535440-47:2022). Natijada mahalliy biopestitsidlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan.