I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ferula kuhistanica va F. tenuisecta arabinogalaktanlari” 02.00.10- Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2022.4. PhD/K574

Ilmiy rаhbаr: Raxmanberdiyeva Rano Karimovna, kimyo fаnlаri dоktоri.

Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti

IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlar doktori, prof. N.S. Normaxamatov, kimyo fanlari doktori (DSc) S.Z. Nishanbayev va kimyo fanlari nomzodi (PhD) O.R. Ahmedov.

Yetаkchi tаshkilоt: Oʻzbekiston Milliy Universiteti.

Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.

II. Tadqiqotning maqsadi.

Ferula kihistanica va F. tenuisecta dan turli xil polisaxaridlar ajratib olish, fizik-kimyoviy xossalarini, monosaxarid tarkiblarini aniqlash va arabinogalaktanlarning kimyoviy tuzilishlarini o’rnatish, polisaxaridlarning oʻziga xos tuzilishi va biologik faolligi orasidagi bogʻliqlikni aniqlash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Ilk bor F. kuhistanica va F. tenuisecta ning yer ustki qismlaridagi turli xil guruh polisaxaridlar ajratib olingan, ularning fizik-kimyoviy xossalari va monosaxarid tarkiblari aniqlangan;

F. kuhistanica xomashyosini yigʻishning muqobil muddati aniqlandi va suvda eruvchi polisaxaridlar va pektin moddalari oʻsimlikning yer ustki qismidagi asosiy polisaxaridlar ekanligi koʻrsatib berilgan;

Ilk bor F. kuhistanica va F. tenuisecta suvda eruvchi polisaxaridlaridan gomogen AGF va AG-Ften arabinogalaktanlari ajratib olinib, ularning tuzilishi kimyoviy va spektral usullarda isbotlangan;

F. kuhistanica va F. tenuisecta arabinogalaktanlari (AGF va AG-Ften) tarmoqlangan makromolekulalardan iborat boʻlib, ularning asosiy zanjiri (1→6) β-galaktopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan poligalaktanlar ekanligi, uning yon zanjirlari C-3 holatda α-arabinofuranoza va uning 1,5 bogʻlangan oligomerlari, shuningdek, β-Galp-(6→1)-β-GlcpA4OMe fragmentlaridan iborat tarmoqlangan polisaxaridlar ekanligi birinchi marta isbotlangan;

Birinchi marta F. kuhistanica arabinogalaktan makromolekulasi asosiy zanjirining kichik qismida C-2 holatda β-galaktopiranoza qoldiqlari borligi aniqlangan va ushbu arabinogalaktanlar arabino-3,6-galaktanlarga tegishli ekanligi isbotlangan.

IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.

         Ilmiy tadqiqot natijalari asosida F. kuhistanica suvda eruvchi polisaxaridi “Аrbifilan”ning texnik sharti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Ts 03535440-031:2020);

         F. kuhistanica arabinogalaktani spektr maʼlumotlari va kimyoviy tuzilishiga oid maʼlumotlar xorijiy ilmiy nashrlar tomonidan polisaxaridlarning tuzilishini aniqlashda qoʻllanilgan: J. Biol. Macromol. 2023, V. 235, 123816 https://doi.org/10.1016/j.ijbiomac. 2023.123816 IF 8,025; Food Bioscience, 2022, V. 47, 101780 (https://doi.org/10.1016/j.fbio.2022.1017 IF-5,318; Polymers 15(9):1999, 2023 DOI:10.3390/polim15091999, https://www.mdpi.com/2073-4360/15/9/1999# IF 5,0; Pharmaceutical sciences, 2022; 25 (3) DOI: 10.21626/vestnik/2022-3/08, https://www.kursk-vestnik.ru/jour/article/view/1069/ 581, IF- 3.784; Carbohyd. Res. 2023, v. 529, 108828, https://ssrn.com/abstract=4406065-2.975.