Ibotov Shohruh Xurmatullo o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Ibotov Shohruh Xurmatullo o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Ibotov Shohruh Xurmatullo o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Amaranthaceae oilasining bеshta tur galofit o‘simliklari lipidlarining tarkibi va biologik faolligi” mavzusidagi 02.00.10 – Bioorganik kimyo.
Himoya 12.03.2026 yil soat 09.00 da bo'ladi.
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2024.4.PhD/K889.
Ilmiy rаhbаr: kimyo fanlari doktori, professor Gusakova Svetlana Dmitriyevna.
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.20.01.M.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor Abdullajjonova Nodira Gulomjanovna.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshket kimyo-texnologiya instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
O‘zbekiston florasida o‘suvchi Amaranthaceae oilasiga mansub galofit o‘simliklar - Amaranthus retroflexus L., Atriplex tatarica L., Chenopodium album L., Climacoptera aralensis L. va Suaeda salsa (L.) Pall. ning lipid tarkibi va biologik faolligini o‘rganish.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
ilk bor Amaranthaceae oilasiga mansub tuzga chidamli besh tur o‘simlik - Amaranthus retroflexus L., Atriplex tatarica L., Chenopodium album L., Climacoptera aralensis L. va Suaeda salsa (L.) Pall. urug‘lari hamda biomassasining lipidlari tadqiq qilingan, lipidlar va ularning alohida komponentlarining biologik faolligi aniqlangan;
A. retroflexus urug‘larida 4.3%, A. tatarica urug larida 0.3 %, A. retroflexus yer ustki qismida esa 3.15 % miqdorda biologik faol skvalen mavjudligi aniqlanib, A. retroflexus skvalenning istiqbolli manbai sifatida tavsiya qilingan;
kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi Amaranthaceae oilasiga mansub gemigalofit turlar lipidlari uchun marker birikma sifatida skvalen ekanligi aniqlangan, juda kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi gipergalofit turlar lipidlarida esa skvalen aniqlanmadi; shuningdek, yog‘ kislotalari tarkibida trans-olein kislotasi hamda yuqori molekulali to‘yingan (20:0–26:0) va monoto‘yinmagan (20:1–24:1) yog‘ kislotalarining gomologlari mavjudligi aniqlangan;
ilk bor Amaranthaceae oilasi vakillari lipidlari tarkibida trans-olein kislotasi, A. tatarica barglari lipidlarida 17% dan ortiq biologik faol linolen kislotasi (18:3), C. aralensis urug‘larida esa 2% gacha γ-linolen kislotasi (γ-18:3) mavjudligi aniqlangan;
C. aralensis urug‘larining moydorligi 21.0% ni tashkil etishi, moy tarkibidagi triatsilglitseridlarning molekulyar tarkibi aniqlangan, triatsilglitseridlar molekulyar tuzilishida monoto‘yinmagan yog‘ kislotalariga ega turlar ustun ekanligi ko‘rsatilgan; moy aterogenlik va trombogenlik indekslarining pastligi hamda sog‘lomlilik indeksi yuqoriligi bilan tavsiflanib, uning yuqori ozuqaviy quvvatga ega ekanligi tasdiqlangan;
o‘rganilgan o‘simliklarning umumiy lipidlari, neytral lipidlari, yog‘ kislotalari va ularning metil efirlari, sovunlanmaydigan moddalari hamda qutbli lipidlari don va sabzavot ekinlarida turli darajada ifodalangan o‘sishni rag‘batlantiruvchi, zamburug‘larga qarshi, insektitsid va stress-protektor faollik namoyon etishi aniqlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Amaranthus retroflexus L., Atriplex tatarica L., Chenopodium album L., Climacoptera aralensis L. va Suaeda salsa (L.) Pall. o‘simliklari lipidlari hamda ularning biologik faolligini tadqiq qilish asosida:
O‘simlik lipidlari asosida insektitsid faollikka ega vosita yaratilib, unga IMM ning «O‘simlik lipidlari asosida insektitsid faollikka ega vosita» nomli patenti (№IAP 8082, 2025 y) olingan. Natijada yangi insektitsid vosita yaratish imkoni tug‘ilgan;
Chenopodium album va Atriplex tatarica oʻsimliklari kimyoviy tarkibi va biologik faolliklariga oid natijalardan yuqori impakt faktorli (IF) 3 dan ortiq ilmiy jurnallarda (Molecules, 2023, Vol. 28, Article №13, 4902, IF 4.6; Food Bioscience, 2025, Vol. 68, 106624, IF 5.9; Trends in Food Science & Technology, 2025, Vol. 156, 104869, IF 15.4) foydalanilgan. Natijada soha mutaxassislari mazkur oʻsimlik tarkibiga kiruvchi tabiiy birikmalar, ularning miqdori, tuzilishi va biologik faolliklari haqida muhim maʼlumotlarga ega boʻlishgan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.