Abduazimov Botir Baxodirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Abduazimov Botir Baxodirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Abduazimov Botir Baxodirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Lignotsellyulozali chiqindilar asosida o‘simliklarni o‘sishini tezlashtiruvchi “Roslin”, “Uglin”, dorilagich ‘‘Dorilin’’ vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: В2024.3.PhD/Т1274.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
Himoya 27.03.2025 yil soat 12.30 da bo'ladi.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, dotsent Karimov Abdurashid Musaxonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Abdurazakov Asqar Sheraliyevich.
Yetаkchi tаshkilоt: O‘zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Kimyo va farmatsevtika sanoatining lignotsellyulozli chiqindilari asosida oʻsimlik oʻsishini tezlashtiruvchi «Roslin», «Uglin» va urugʻlarni dorilovchi «Dorilin» vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
guruch qobig‘i, yog‘och qipig‘i va paxta chigiti qobig‘ining gidroliz ligninlari eruvchanligiga kimyoviy va fizikaviy texnologik sharoitlarning ta’siri aniqlangan va ularni eruvchan shaklga o‘tkazish uchun eng maqbul sharoitlar belgilangan;
analitik piroliz va biokimyoviy tahlil usuli bilan A. leucostomum, G. glabra, T. alterniflora lignotsellyulozali chiqindilarining kimyoviy tarkibi aniqlangan, natijada birinchi marta bu mazkur chiqindilarni o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi vosita olish uchun muqobil xomashyo sifatida ishlatish taklif qilingan;
ilk marta A. leucostomum va G. glabra ildizlarining, shuningdek T. alterniflora o‘simlikning yer ustki qismi ligninlarining suyuq sharoitda kislota – ishqoriy muhitlarning kombinatsion ta’siri jarayonida kimyoviy o‘zgarishlari isbotlangan;
dorivor o‘simliklar chiqindilarini yagona texnologik jarayonda o‘simliklarni o‘sishini tezlashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan suvda eriydigan lignin mahsulotlarini olish imkonini beruvchi resurslarni tejovchi, kompleks qayta ishlashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
nitroligninning gidrolizlangan nitron bilan komplekslanishi uchun optimal sharoitlar aniqlangan, bu esa o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin» va urug‘larni dorilovchi «Dorilin» agrokimyoviy vositalarini ishlab chiqishga imkonni bergan;
suvda eriydigan nitrolignin va G. triacanthnos urug‘ining polisaxaridlari kompozitsiyasi asosida o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi yangi «Uglin» agrokimyoviy vositasi ishlab chiqilgan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Lignotsellyulozli chiqindilar asosida oʻsimlik oʻsishini tezlashtiruvchi «Roslin», «Uglin» va urugʻlarni dorilovchi «Dorilin» vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Dorilin» preparati uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP № 03644, 2008 y.). Ilmiy tadqiqotlar natijalari paxta, bug‘doy va sholi urug‘larini ekishdan oldin dorilash uchun yangi dorilovchi ishlab chiqishga imkon bergan;
«O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin» 10% li suvli eritma»– Ts 03535440-002:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011229, 30.12.2020). Natijada, o‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi «Roslin» agrokimyoviy vositasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratgan;
«Dorilin 10% li suvli eritma »– Ts 03535440-08:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011230, 30.12.2020). Ilmiy izlanishlar natijalari qishloq xo‘jaligiga o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi hamda paxta va g‘alla urug‘larini dorilash uchun fungitsid sifatida ishlatiladigan kam zaxarli, xavfsiz agrokimyoviy vositani joriy etish imkonini bergan;
«O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Uglin» 10% li suvli eritma» – Ts 03535440-041:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011228, 30.12.2020). O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida A. leucostomum, T. alterniflora, G. glabra ligninlari va G. triacanthnos urug‘larining polisaxaridlari asosida o‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi yangi vositani joriy etish imkoniyati yaratilgan;
«Roslin», «Dorilin», «Uglin» agrokimyo vositalarning biologik faolligi dala sharoitlarida paxta yetishtirishda sinalgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi aktlari, 25.09.2018-y.). Tadqiqotlar natijasida, ishlab chiqilgan agrokimyoviy preparatlar hatto sho‘rlangan tuproq sharoitida ham samarali ekanligi aniqlangan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.