Siddiqova Azizaхон Abdug‘afforovnaning Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Siddiqova Azizaхон Abdug‘afforovnaning Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Siddiqova Azizaхон Abdug‘afforovnaning Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon!
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ikki tur Scutellaria va Stachys hissarica o‘simliklarining polisaxaridlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm: V2019.2.PhD/K206.
Ilmiy rаhbаr: kimyo fanlari doktori, professor Raxmanberdiyeva Pano Karimovna
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akad. S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, Normaxamatov Nodirali Saxobataliyevich, kimyo fanlari doktori, Shomurotov Shavkat Abduganiyevich
Yetаkchi tаshkilоt: O‘zR FA Oʻzbekiston Milliy Universiteti
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Scutellaria adenostegia, S. comosa va Stachys hissarica oʻsimliklarining polisaxaridlarini oʻrganish. Glyukoarabinogalaktanlarning tuzilishi, xossalari va ularning oʻziga xos biologik faolliklarini aniqlash.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
Birinchi marta S. comosa polisaxaridlari va Allium cepa L. poʻstlogʻining quruq suvli ekstrakti (PPQSE) asosida mikroblarga qarshi faollikka ega boʻlgan fitovosita ishlab chiqilgan.
Scutellaria adenostegia, S. comosa va Stachys hissrica ning yer usti qismlaridan quyi molekulali birikmalar ajratib olingandan so‘ng suvda eruvchan polisaxaridlar (SEPS), pektin moddalari (PM) va gemitsellyulozalar (GMS) ajratib olingan. Ularning fizik-kimyoviy xossalari va monosaxarid tarkiblari o‘rganilgan. Stachys hissarica ning suvda eruvchan polisaxaridlari geterogen bo‘lib, arabinoza qoldiqlariga boy bo‘lgan turli polisaxaridlardan iborat. SEPS ni fraksiyalash natijasida unumi 32.5% va 18.7%, Mm 43.8 va 29.5 kDa va arabinoza miqdori mos ravishda 60.41% va 50.54% tashkil etgan PS-St-2 va PS-St-3 fraksiyalari olingan. YaMR spektroskopiya ma’lumotlari SEPS tarkibida α- 3)-α-Araf-(1→), 4)-β-Xylp-(1→ и →3-α-Glcp-(1→, 3,6- β-Galp fragmentlari hamda qaytarilmaydigan uchida Т-α-Araf и Т-α-Glcp qoldiqlari borligini ko‘rsatdi. Olingan natijalarga asoslanib, St. hissarica SEPS glyuko- va/yoki galaktoksiloarabanlardan tashkil topgan deb taxmin qilindi;
Stachys hissarica va S. comosa SEPS ning Lactobacillus casei K7 probiotik shtamining o‘sishi bo‘yicha prebiotik faolligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlarning tahlili shuni koʻrsatdiki, MRS buloniga St. hissarica SEPS qoʻshilishi Lactobacillus casei K7 shtamining oʻsishini yanada oshishiga va SEPS S. comosa va nazorat bilan solishtirganda (9 × 109 КОЕ/ml) sog‘lom hujayralarning titrini(2×1010 КОЕ/ml) yuqori boʻlishiga olib kelgan.
Birinchi marta S. adenostegia va S. comosa SEPS laridan GAG-Sa va GAG-Sco glyukoarabinogalaktanlar mos ravishda ajratib olindi va ularning tuzilishi kimyoviy va spektral usullar bilan isbotlandi. Glyukoarabinogalaktanlar GAG-Sa va GAG-Sco tarmoqlangan polisaxaridlar boʻlib, makromolekulaning asosiy zanjiri β-1,6 glikozid bogʻi bilan bogʻlangan galaktopiranoza qoldiqlaridan iborat, bir-biridan yon zanjirlari bilan farq qilishi aniqlandi. GAG-Sa yon zanjiri β-D-galaktopiranoza, α-D-glyukopiranoza, α-L-arabinofuranoza qoldiqlari va uning 1,3-bogʻi bilan bogʻlangan disaxarid fragmenti, shuningdek asosiy zanjirga C-3 bilan bogʻlangan 6-OMe-α-glyukuron kislotasining mavjudligi bilan ifodalanadi.
GAG-Sco esa C-2 holatda terminal arabinofuranoza va glyukoza, shuningdek, α -Araf-(5→1)- α -Araf oligosaxarid fragmenti mavjudligi qayd etildi.
Ilk bor S. adenostegia va S. comosa ning suvda eruvchan polisaxaridlari va pektin moddalarining fagotsitoz jarayoniga, ya’ni neytrofillarning fagotsitar indeksiga ta’siri ko‘rsatilgan;
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
Birinchi marta S. comosa polisaxaridlari va Allium cepa L. (piyoz po‘stlog‘i) ning quruq suvli ekstrakti (PPQSE) asosida antimikrob fitovosita ishlab chiqilgan. Ushbu vosita Pseudomonas aeruginosa 003841/114, Proteus mirabilis 9, Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis BKM bakteriyalarining o‘sishini samarali tarzda bostirgan.
Fitovosita prebiotik va antibakterial ta’sirga ega, shu jumladan mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli shakllariga qarshi dori turlarini kengaytirish imkonini beradi.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mikroblarga qarshi vositani ishlab chiqish usuliga O‘zbekiston Respublikasining IAP 7778 patenti olingan (reestrda 2024-yil 30-iyulda ro‘yxatga olingan).
Polisaxaridlarning kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini oʻrganish boʻyicha olingan ilmiy natijalar OʻzR FA O‘MKI ning yuqori molekulali oʻsimlik moddalari kimyosi laboratoriyasida bazaviy moliyalashtirish doirasida 2021-2025-yillarda amalga oshirilgan tadqoqotlarni bajarishda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №4/1255-497 27 fevral 2025 y., ma’lumotnoma №4/1255-2476 17 oktabr 2025 y.).
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.