Yusupova O‘g‘iloy Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Silene (tomentella, popovii, claviformis), Dianthus helenae o‘simlik turkumlarining fitoekdisteroidlari va ularning biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K264.
Ilmiy rahbar: Ramazonov Nurmurod Sheraliyevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Gafurov Maxmudjon Boqiyevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Silene tomentella (Schischk.), Silene popovii (Schischk.), Silene claviformis (Litv.), va Dianthus helenae (Vved.) o‘simliklarining fitoekdisteroidlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Silene popovii o‘simligidan 9 ta adabiyotlarda ma’lum fitoekdisteroidlar va bitta yangi - 20-gidroksiekdizon 25-O-benzoat birikmasi ajratib olingan hamda uning tuzilishi isbotlangan;
Silene tomentella o‘simligidan 2 ta ma’lum fitoekdisteroidlar ajratib olingan hamda uning tuzilishi identifikatsiya qilingan;
ilk bor Dianthus helenae o‘simligidan 6 ta, Silene claviformis o‘simligidan 2 ta ma’lum fitoekdisteroidlar ajratib olingan va kimyoviy tuzilishi tadqiq qilingan;
Silene, Ajuga, Rhaponticum turkum vakillarining xilma-xilligi tahlil qilingan, 184 dan ortiq Silene, Ajuga, Rhaponticum turlaridagi 120 tadan ortiq fitoekdisteroidlarning o‘simliklarda tarqalishi, kimyoviy tuzilishi va ajratib olingan manbalari tizimlashtirilgan, natijalar asosida “Phytoecdysteroids: Properties, Biological Activity and Applications” nomli monografiya tayyorlanib chop etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
S. tomentella, S. claviformis, S. popovii va Dianthus helenae o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nootrop faollikka ega “Diantrop” biologik faol qo‘shimcha (BFQ) uchun tashkilot standarti va ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan (S 03535440-036:2020, 01.06.2020; TI 03535440-32:2018, 10.09.2020) va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan. Natijada, mahalliy xomashyo asosida nootrop ta’sirga ega BFQ ishlab chiqish imkonini bergan;
Gipoglikemik faollikka ega bo‘lgan fitoekdisteroid uchun ((2R,3R)-2-((1S,2S,3R,5R,10R,13R,14S,17S)-2,3-diacetoxy-1,14-dihydroxy-10,13-dimethyl-6-oxo-2,3,4,5,6,9,10,11,12,13,14,15,16,17-tetradecahydro-1H-cyclopenta[a]phenanthren-17-yl)-6-hydroxy-6-methylheptane-2,3-diyl diacetate, obladayushhee gipoglikemicheskoy aktivnost’yu) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06824, 28.03.2022 y.);
Silene va Dianthus turkumlari o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq qilish natijalaridan xorijiy olimlar tomonidan 10 dan ortiq impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda o‘simliklardan ajratib olingan birlamchi, ikkilamchi metabolitlarni kimyoviy va miqdoriy jihatdan tavsiflashda, shuningdek, mikrob, zamburug‘, diabet va stresslarga qarshi faolliklarini tavsiflashda foydalanilgan (RSC Advances, 2022, 12, 5031, https://doi.org/10.1039/D1RA07273K, IF- 4.03; Frontiers in Pharmacology, 2022, 18, https://doi.org/10.3389/fphar.2022.998965, IF- 5.98; International Journal of Molecular Sciences, 2022, 23, 8364, https://doi.org/10.3390/ijms23158664, IF- 6.20 va h.). Natijalar Silene va Dianthus turkumi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
fitoekdisteroidlarning kimyosi, biologik faolliklari hamda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monografiya ko‘rinishida xalqaro Springer nashriyoti tomonidan chop etilgan 7 bobli “Phytoecdysteroids: Properties, Biological activity and Applications” hammualiflikda chop etilgan. Ushbu monografiya ko‘plab iqtiboslarga ega, shuningdek, mahalliy, xorijiy universitet hamda institutlarda keng qo‘llanilib, olimlar va tadqiqotchilarga fitoekdisteroidlar haqida to‘liq ma’lumotlar olish imkoni yaratilgan.

Manba: https://oak.uz/pages/12710