I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geranium saxatile, G. charlesii va G. collinum fenol birikmalari», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: В2017.2.PhD/K44.

Ilmiy rahbar: Nishanbayev Sabir Zaripbayevich, kimyo fаnlаri dоktоri.

Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.

Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori Raxmanberdiyeva Rano Karimovna; kimyo fanlari doktori Karimov Abdurashid Musaxonovich.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

 

II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hududida o‘suvchi Geranium saxatile, G. charlesii va G. collinum o‘simliklarida hosil bo‘ladigan fenol birikmalarini o‘rganish, ularning kimyoviy va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.

 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk marotaba Geranium saxatile, Geranium charlesii va Geranium collinum o‘simlik turlaridan siklogeksangeksaol, uch atomli fenol, izokumarin, 5 ta fenol karbon kislotalar, 17 ta flavonoidlar, 2 ta ksanton va 2 ta butirolaktonlar ajratib olindi;

birinchi marotaba spektral usullar va RTT yordamida yangi butirolaktonning fazoviy tuzilish (3S-8-gidroksifenil-4S-(2′′R,3′′S)-2,3,4-trigidroksibutanoil-4S,7′S-propionat-4,7′,4′-gidroksifenil-3,4-γ-butirolakton) aniqlandi va bu birikma charlezolid deb nomlandi;

ilk bor RTT usuli yordamida (3S,4R,5S,6R,7S)-3-n-gidroksifenil-5,6,7-trigidroksioksolan-1,4-olid tuzilishiga ega butirolakton savaraninning barcha xiral markazlarini konfiguratsiyalari aniqlandi;

olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk bor Geranium L. turkum o‘simliklarining fenol birikmalari sinfiga mansub ikki guruh, xususan ksantonlar va butirolaktonlar biosintez qilishi aniqlandi.

 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geranium saxatile, Geranium charlesii va Geranium collinum o‘simliklarining fenol birikmalarini tadqiq qilish asosida:

ajratilgan ikkita butirolaktonlarning, savaranin va charlezolidning RTT ma’lumotlari Buyuk Britaniyaning xalqaro tuzilmaviy ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/structures/) ro‘yxatga olingan hamda ularga SSDC GARLOE/1895013, URUYOY/2020721 raqamlari berilgan. Bu elektron dasturiy ta’minot yordamida ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘xshash birikmalarning fazoviy tuzilishlarini va ularning potensial farmakologik faolligini aniqlash imkonini bergan;

teridagi depigmentatsiya kasalligini davolash bo‘yicha dori vositani olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07102, 2022 y.). Natijada mahalliy xom ashyodan dori vositasi yaratish imkonini bergan;

dissertatsiya tadqiqotining ma’lumotlari “Metabolik sindrom buzilishlarini farmakologik tuzatish uchun tabiiy terpenoidlar, alkaloidlar va fenol birikmalar asosida beshta dolzarb dori vositalarini yaratish” (2012-2014 yy.) va “Mahalliy izoprenoidlar va polifenollar asosida radioprotektiv vositalarni yaratish” (2015-2017 yy.) loyixalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 22 noyabrdagi 4/1255-3264-ma’lumotnomasi);.