Zhao Bo ning Kimyo fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Zhao Bo ning Kimyo fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Zhao Bo ning Kimyo fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkum o‘simliklarining diterpenoid alkaloidlari va ularning biologik faolligini o‘rganish» (Study on the diterpenoid alkaloids of genera Aconitum and Delphinium growing in Central Asia and their biological activities) mavzusidagi 02.00.10 – “Bioorganik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari doktori (DSc).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm:
В2025.2.DSc/K1274.
Ilmiy rаhbаr: texnika fanlari doktori, akademik Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti.
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА akademik S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Himoya 25.08.2025 yil soat 09.00 da bo'ladi.
Rasmiy opponentlar: Akademik Marat Sabirovich Yunusov, kimyo fanlari doktori; Xamid Utkirovich Xodjaniyazov; kimyo fanlari doktori, professor Nilufar Zakirjonovna Mamadaliyeva.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Markaziy Osiyoda oʻsadigan Aconitum va Delphinium turkumlariga mansub 7 tur о‘simliklarning ikkilamchi metabolitlarini ajratib olish, kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash hamda ular asosida samarali dori vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Markaziy Osiyoda oʻsadigan Aconitum va Delphinium turkumining yetti turdagi oʻsimliklari tarkibidan jami 176 ta birikma, shu jumladan, 26 ta yangi va 107 ta ma’lum diterpenoid alkaloidlar, shuningdek, 43 ta boshqa sinf birikmalari ajratilgan;
ajratib olingan diterpenoid alkaloidlarining fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda, antiaritmik, analgetik, oʻsmaga qarshi va mikroblarga qarshi biologik faolligi tizimli ravishda tadqiq qilingan;
ilk bor Aconitum barbatum var. puberulum (N-acetylsepaconitin va N-deacetyllappaconitin) va Delphinium iliense (Sinchianidin C va D) о‘simliklari tarkibidan yangi birikmalar ajratib olingan;
Aconitum barbatum var. puberulum dan C20-diterpenoid alkaloidlarining yangi uglerod skeletli vakili barpuberudin (AB-1), qayta guruhlangan yangi C18-diterpenoid alkaloidlari barpubeninlar A-B (AB-6 va AB-7) ilk bora aniqlangan;
birinchi marotaba Delphinium naviculare var. lasiocarpum oʻsimligining kimyoviy tarkibi tadqiq qilingan va lappakonitin mavjudligi aniqlangan;
ilk marotaba Aconitum smirnovii oʻsimligidan ajratilgan smirnotin A ning antiaritmik faolligi, shuningdek, Delphinium iliense oʻsimligidan ajratib olingan sinchianidin C va D larining analgetik ta’sir koʻrsatishi isbotlangan;
birinchi marta yarim-preparativ YuSSX va preparativ YuSSX texnologiyalarini birlashtirilgan holda foydalanib, Allapinnin substansiyasidan oltita standart alkaloidlar ajratilgan, bu esa Allapinin substansiyasi sifatini nazorat qilishda tozalik standartlarini ta’minlash imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Markaziy Osiyoda o‘sadigan Aconitum va Delphinium turkum o‘simliklarining diterpenoid alkaloidlari va ularning biologik faolligini o‘rganish” bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
Delphinium pseudoaemulans o‘simligi diterpenoid alkaloidlarini ajratish va tozalash, shuningdek, ularning in vitro inson saratoni A549 va HeLa hujayralariga sitotoksikligi natijalari asosida oʻsmaga qarshi vosita yaratish ixtirosiga Xitoy Xalq respublikasi patenti (№ ZL201810714295.7, 2018 yil) olingan. Natijada o‘simlik alkaloidlari asosida ekologik toza, samarali dori vositasi yaratish imkonini bergan;
Delphinium aemulans o‘simligi diterpenoid alkaloidlari asosida kaliy kanali (IKv) toklarini ingibirlash ixtirosi uchun Xitoy Xalq respublikasi patenti olingan (№ 2024100199358, 2024 y). Natijada o‘simlik alkaloidlari asosida kaliy kanalini ingibirlovchi yangi vosita yaratish imkonini bergan;
Delphinium iliense Huth osimligi diterpenoid alkaloidlaridan potensial analgetik vosita ishlab chiqish ixtirosiga Xitoy Xalq respublikasi patenti olingan (№ 2025103304327, 2025 y). Natijada o‘simlik diterpenoid alkaloidlari asosida samarali analgetik vositalar yaratish imkonini bergan;
Shinjon Shafei Ya Biological Technology Co., Ltd (Xitoy X.R.) va Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Fizika va kimyo texnika instituti (XTIPC) bilan xamkorlik bitimiga asosan koʻp miqdorda lappakonitin ishlab chiqarish uchun Delphinium naviculare var. lasiocarpum o‘simligi xomashyosi bilan ta’minlashni kafolatlab Xitoyning Shinjon va Sinxay viloyatlarida madaniylashtirish boʻyicha tadqiqot ishlarini boshlagan (Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Shafei Ya Biological Technology Co., Ltd ma’lumotnomasi15.05.2025y). Natijada o‘simlik diterpenoid alkaloidlari asosida samarali dori vositasi islab chiqarish uchun xomashyo bilan ta’minlash kafolatlangan;
Allapinin substansiyasininig farmakologik faol qo‘shimchasi (FFQ) sifatini nazorat qilish uchun Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining GMP korxonasida tozalik standartlari sifatida ajratilgan toʻrtta birikmadan foydalanilgan (Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining 23.06.2025y., 01-02/499-son malumotnomasi). Natijada Allapinin substansiyasini ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish tizimini yaxshilash, me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash va klinik sharoitlarda qoʻllashni kengaytirish imkonini bergan.
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.