Sanoyev Akbar Isomiddinovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
- Bosh sahifa
- Sanoyev Akbar Isomiddinovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Glycyrrhiza glabra L. o‘simligi xomashyosi asosida glitsirretin kislotasi, glabridin va gepalipin substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissеrtаtsiya mаvzusi roʻyxаtgа оlingаn rаqаm:
Ilmiy maslahatchi: texnika fаnlаri dоktоri., akademik Sagdullayev Shamansur Shakhsaidovich
Dissеrtаtsiya bаjаrilgаn muаssаsа nоmi: Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti
IK fаоliyat koʻrsаtаyotgаn muаssаsа nоmi, IK rаqаmi: OʻzR FА Oʻsimlik mоddаlаri kimyosi instituti, DSc.05/2025.27.12.К/Т.20.01.М
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Sagdullayev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori professor Кadirov Xasan Irgashevich, kimyo fanlari doktori, professor Gafurov Maxmudjon Bakiyevich.
Yetаkchi tаshkilоt: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissеrtаtsiya yoʻnаlishi: аmаliy аhаmiyatgа mоlik.
II. Tаdqiqоtning mаqsаdi.
Ultrafiltratsiya va makrog‘ovakli adsorbsion smolalardan foydalangan holda Glycyrrhiza glabra L. o‘simlik xomashyosidan glitsirrizin kislotasi va uning aglikoni - glitsirretin kislotasi, shuningdek, xomashyoni qayta ishlashning ikkilamchi mahsulotlaridan glabridin substansiyalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda glitsirrizin kislotasi asosida «Gepalipin» farmatsevtik kompozitsiyasi va biologik faol qo‘shimchalar uchun substansiyalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridan yig‘ilgan Glycyrrhiza glabra L. ildizlari tarkibidagi glitsirrizin kislotasi (5,8–6,5%) va glabridin (0,08–0,15%) miqdori qiyosiy aniqlanib, ularning ildizning tarkibiy qismlari bo‘ylab taqsimlanish qonuniyati tahlil qilingan;
Glycyrrhiza glabra L. xomashyosini suvli muhitda ekstraksiyalash jarayoni matematik rejalashtirish usullari asosida maqbullashtirilib, glitsirrizin kislotasini yuqori unum bilan ajratib olishning maqbul texnologik sharoitlari aniqlangan;
o‘simlik ekstraktini birlamchi va ikkilamchi metabolitlarga ajratishda ultrafiltratsiya jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari Lotin kvadrati usuli asosida ilk bor aniqlanib, glitsirrizin kislotasini samarali ajratib olishning maqbul texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
ilk bor qizilmiya ildizining suvli ekstraktini makrog‘ovakli adsorbsion smolalarda adsorbsion-desorbsion xususiyatlari qiyosiy baholanib, glitsirrizin kislotasini tozalash uchun eng samarali smola va texnologik sharoitlar tanlab olingan;
texnik glitsirrizin kislotasini kislotali gidroliz qilishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlanib, yuqori tozalikdagi glitsirretin kislotasi substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Glycyrrhiza glabra L. ildizini qayta ishlashning ikkilamchi mahsulotidan glabridin ajratib olish texnologiyasi takomillashtirilib, yuqori tozalikdagi glabridin substansiyasini olishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
«Gepalipin» ko‘p komponentli farmatsevtik kompozitsiyasining optimal tarkibi ilmiy asoslanib, gepatoprotektor xususiyatga ega dori vositasining farmatsevtik kompozitsiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
glitsirrizin kislotasi, glitsirretin kislotasi, glabridin va «Gepalipin» substansiyalarini ishlab chiqarish jarayoni uchun YuSSX asosida kompleks analitik nazorat tizimi ishlab chiqilgan;
ilk bor Glycyrrhiza glabra L. ildizi shrotidan 3-oksoglitsirretin kislotasi (0,39%) va glitsirretin kislotasi (0,21%) ajratib olinib, ularning tuzilishi zamonaviy spektral usullar bilan tasdiqlangan.
IV. Tаdqiqоt nаtijаlаrining jоriy qilinishi.
1. Glycyrrhiza glabra L. ildizi shrotidan biologik faol birikmalarni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiro uchun patent olingan (№ IAP 8048, 2025-y.), natijada o‘simlik xomashyosining ikkilamchi mahsulotidan glabridin substansiyasini ajratib olish imkoniyati yaratilgan;
2. “O‘simliklar ekstraktlari” Tashkilot standarti (Ts 03535440-026:2025) tayyorlangan va “O‘zstandart” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda shu asosida “Shirinmiya ildizi ekstrakti” texnologik yo‘riqnomasi (TI-03535440-026:2025) ishlab chiqilgan. Ushbu natijalar mahalliy xomashyo asosidagi biologik faol qo‘shimchani oziq-ovqat sanoatiga joriy etish imkonini bergan;
3. 5–40% li «GLABRIDIN» substansiyalari uchun texnik shart (Ts 03535440-046:2022) va ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi (TI 03535440-046:2022) ishlab chiqilgan. Natijada oziq-ovqat sanoati va kosmetologiya sohalari uchun substansiyalarni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati yaratilgan;
4. ishlab chiqilgan texnologiya asosida «Gepalipin» dori vositasi substansiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan Farmakopeya maqolasi (FS 42 Uz-4691-2025) tasdiqlangan. Natijada gepatoprotektor xususiyatga ega yangi dori vositasini amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratilgan;
5. O‘simlik moddalari kimyosi institutining GMP talablariga muvofiq jihozlangan Ilmiy-texnologik markazida «Gepalipin» dori vositasi substansiyasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazidan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (DV/M 03937/10/21) olingan hamda substansiyani seriyali ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratilgan.
PhD., yet.i.x. A.I.Sanoyev
Ilmiy maslahatchi, t.f.d., akademik Sh.Sh.Sagdullayev
Ilmiy kengash raisi o‘rinbosari, k.f.d., prof. B.J. Elmuradov
Ilmiy kengash ilmiy kotibi, k.f.n., kat.i.x. N.K. Xidirova
© 2024 OʻzR FA OʻMKI. Barcha huquqlar himoyalangan.